Jung Jo-gook




Jung Jo Gook (talaffuzi: Chjun Chjo Guk) (1984-yil 23-aprelda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi, „Jeju United“ klubiga murabbiylik qiladi.

Klubdagi faoliyati



Seoul FC



2003-yilda Daesin oʻrta maktabini tugatib, Jung Jo-Guk oʻzining ilk katta klubi „Seoul“ klubiga (oʻsha paytda Anyang LG Cheetahs nomi bilan atalgan) qoʻshilgan. Jung jamoada hujumchi sifatida oʻynagan. U oʻzining debyut mavsumida 32 oʻyinda 12 ta gol urgan va 2003-yilda K ligasida yilning eng yaxshi futbolchisi unvonini olgan. Biroq, uning yaxshi oʻyinlari uzoqqa choʻzilmagan va 2007-yilgacha doimiy jarohati tufayli oʻz darajasida oʻynay olmagan. 2008-yilning ikkinchi yarmida u oʻzining jismoniy holatini qayt tiklagan va 14 uchrashuvda 8 ta gol urgan.

AJ Auxerre



"Seoul" klubining K ligasi chempionligini qoʻlga kiritishga yordam berganidan soʻng Jung Fransiya Liga 1 jamoasi AJ Auxerre bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan. Auxerrening shartnoma taklifini qabul qilib, u Liga 1da xarakat qiladigan uchinchi koreyalik futbolchi boʻlgan. 2010-yil 3-yanvarda Jung ikki yarim yillik shartnoma imzolagan. U 2011-yilning 8-yanvarida ES Wasquehalga qarshi o‘yinda AJ Auxerre safida debyut qilgan. 2011-yil 29-yanvarda Jung Liga 1da AJ Auxerre uchun debyut oʻyinida zaxiradan maydonga tushgan.

2010/2011-yilgi mavsumda Jung „Auxerre“ uchun safida zaxiradan 15 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Biroq, u 2011/2012-yilgi mavsumda Liga 1ning boshqa jamoasi AS Nansyga 2011-yil 16-sentyabrda mavsum oxirigacha ijaraga berilgan.

FC Seoulga qaytish



2012-yil 6-iyulda Jung Jo-gook „Seoul“ klubiga qaytib kelgan va 2015-yilgi mavsumga qadar harbiy xizmatni oʻtash uchun Ansan Police FCda toʻp surgan.

Gwangju FC



2016-yilning 11-yanvarida Jung Jo Gook „ Gwangju“ klubiga qo‘shilgan. U yaxshi mavsum oʻtkazgan va 31 liga oʻyinida 20 gol urib, faoliyatidagi eng yaxshi mavsumini yakunlagan. Bu natija tufayli u K ligasi eng yaxshi toʻpurari mukofotiga sazovor boʻlgan.

Xalqaro faoliyati



Jung Jo-Gook oʻzining milliy termadagi faoliyatini 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoadan boshlagan, barcha yosh toifalarida (U-20 va U-23) ishtirok etgan va hozirda kattalar terma jamoasida oʻynaydi. Shu vaqt ichida u 2003-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Xalqaro maydondagi gollari




Faoliyati statistikasi




Yutuqlar



Klub



FC Seoul

Shahsiy yutuqlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz