June Huh




June Huh (talaffuzi: Jun Xu) (koreyscha: 허준이) (1983-yil tugʻilgan) — koreyalik, amerikalik matematik. Princeton universiteti professori. 2022-yilda Fields medali bilan taqdirlandi. Huh algebraik geometriya va kombinatorika oʻrtasidagi bogʻliqliklarni aniqlagan.

Huh 1983-yilda Stanfordda tugʻilgan. Ota-onasi Stanfordda oʻqishni tamomlagach, Huh oilasi bilan Janubiy Koreyaga qaytib kelgan. Onasi rus tili va adabiyotidan, otasi esa statistikadan dars bergan. Maktab yillarida Huh matematikaga qiziqmagan aksincha u oʻzini yozish va sheʼriyatga bagʻishlagan. Asosan shaxsiy kechinmalarga bagʻishlangan koʻplab sheʼr va hikoyalar yozgan. 2002-yilda Seul universitetiga oʻqishga kirgan, oʻqish paytida sheʼriyat bilan tirikchilik qila olmasligini tushunib, fizika va astronomiya boʻyicha ixtisoslashgan ilmiy jurnalist boʻlishga qaror qilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz