Jun toʻkilishi
Tullash , jun toʻkilishi (hayvonlarda) — sut emizuvchi hayvonlarda terining tashqi qoplamini hosil qiluvchi junlar (tivit va qisman qiltiq tolalar)ning toʻkilish va yangilanish jarayoni. T. hayvonlarda eskirgan tana qoplamini tiklash, tashqi muhit sharoitiga moslashish bilan bogʻliq mavsumiy xususiyatga ega. Uy hayvonlarida, ayniqsa, dagʻal junli qoʻylar, sigir, echkilarda, tuyalarda mavsumiy T. bahor boshlanishi bilan sodir boʻladi. T. tezligi iklimgabogʻliq. Issiqhavouni tezlashtiradi. T. jarayonida jun qoplami siyraklashadi, teri orqali havo almashinuvi erkinlashadi. Kech kuz va kish mavsumlarida yangi tivit va kiltik tolalari oʻsib chiqadi. Parrandalarda T. rivojlanish bosqichi bilan emas, balki mavsumiy oʻzgarishlar bilan bogʻliq. Ularda yorugʻlik sharoitini sunʼiy oʻzgartirib, T.ni boshkarish mumkin. T. davrida hayvonlarda modda almashinuvi oʻzgaradi. Qoʻy, echki, tuya va boshqalarda hayvonlarda T. alomatlari va boshlangʻich belgilari — jun qoplamining koʻtarilishi sezilishi hamon bahorgi jun qirqimi oʻtkaziladi (bu holat jun qirqimini osonlashtiradi).
Hayvonlar kasallanganda patologik T. yuz beradi. Bu davrda organizmdagi modda almashinuvi, terining oziqlanishi keskin buziladi qichima (qoʻtir) alomatlari avj oladi va hayvon jun qoplami yoppasiga toʻkiladi.
uz.wikipedia.org