Jumayev Tavur




Tavur Jumayev (1918.6.11, Buxoro tumani — 1983.13.11, Toshkent) — musiqashunos, pedagog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1956). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—45). Buxoro teatri direktori oʻrinbosari (1947—49), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1949—54, 1970—72), Navoiy nomidagi opera va balet teatri (1954—57), Oʻzbek davlat estradasi (1961—63), Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurti (1974—83) direktori, Oʻzbekiston Madaniyat ishlari vazirligi oʻquv yurtlari va kadrlar boshqarmasi boshligʻi (1972—74). Kompozitorlik ijodiga oid maqolalar, radio eshittirish va telekoʻrsatuvlar muallifi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz