Jumaduqxon




Jumaduqxon (? - 1428) - Dashti Qipchoqning sharqiy qismini idora etgan qozoq xoni. Shayboniylardan. Abulxayrxon yoshligida J. xuzurida tarbiyalangan, lekin keyinchalik unga qarshi qurolli kurash olib borgan isyonkor amirlarga qoʻshilgan. J. qoʻshini jangda tor-mor qilinib, oʻzi halok boʻlgan. Uning oʻrniga taxtni Abulxayrxon egallagan. Masʼud ibn Usmon Koʻhistoniynmj yozishicha, J. Shaybon urugʻidan chiqqan shavkatli podshohlardan boʻlib, qoʻshin tuzilishi va davlatni boshqarish ishlarida shijoat koʻrsatgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz