Jumа Mаsjidi




Xoʻja ahror valiy masjidi  – Toshkent shahri Shayhontohur tumani 15-asr) (Shayxontohur tumani, „Gulzor“ mahallasi, Haqiqat koʻchasi, 22) – meʼmoriy yodgorlik. Xoja Ahror qurdirgan, shaharning bosh jome masjidi boʻlgan, Usmon Qur’oni shu yerga keltirilgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-yanvardagi farmoyishiga asosan masjid qayta tiklangan va 1998-yil 16-iyulda roʻyxatga olinib ishga tushirilgan. Masjid binosi 3000 namozxonga moʻljallangan. Asosan „Gulzor“ mahallasi, Chorsu bozoridagi sotuvchilarga xizmat koʻrsatadi. Maʼlumotlarga koʻra, masjid oʻz bagʻriga 2000 ziyod namozxonlarni sigʻdira oladi.

Tarixi



1875-yil chor maʼmurlari tomonidan buzib tashlangan. Usmon Qur’oni Samarqandga olib ketilgan. 1886-yil mahalliy aholi noroziligidan xavfsiragan chor maʼmuriyati masjid binosini qayta qurib bergan. 1999-yil masjid poydevorini buzish paytida uni shu yili qurilgani haqidagi yozuv topilgan. Ammo ruslar tomonidan bunyod etilgan bu inshoot masjid boʻlmay, kelgusida cherkovga moʻljallangan boʻlgan. Masjid binosi ichida mehrob oʻrniga ikona oʻrnatadigan xochchalar qilingan edi.

Tavsif



Imom-xatib: Isomiddin Ahrorov.

Galereya




Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz