Julxirs




Julxirs , jul varaq — uzun patli (7—15 mm dan 20 mm gacha) gilam. Odatda, alohida toʻqilgan boʻlaklardan iborat; oʻrtadagi ikki boʻlakning eni 0,5 m, ikki chekkadagi boʻlakniki 0,2 m; uz. 2,0—2,5 m, eni 1,0—1,4 m. Sandal ustiga, qora uy ichidagi oʻchoq oldiga, baʼzan meqmonxonaga toʻshalgan (J.ning boʻyi 3,26 m, eni 1,07 m boʻlgan naqshli nusxasi Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida saqlanadi). J. chorvachilik bilan shugʻullangan oʻzbek koʻchmanchi qabilalarida tuya, qoʻy, echki junidan maxsus usulda toʻqilgan. Zamini toʻq rangda, naqshlari rangba-rang (qizil, sariq, koʻk va ularning tuslari hamda junning tabiiy rangi — oq, kulrang , jigarrang , qoradan iborat), mujassamotida markaziy maydon chegaralangan: naqshlar boʻyiga teng qatorlarda ingichka yoʻllar bilan ajratilgan holda joylashgan yoki ichi naqshlar bilan bezatilgan turli romb, olti, sakkiz burchakli murabbalarning bir-biri bilan tutashgan qandasiy shakllaridan iborat boʻlgan. J. boʻyiga yoʻl-yoʻl naqshli gilam — hoshiya tikilgan. Jizzax (Gʻallaorol, Baxmal va b.), Samarqand (Urgut tumani) viloyatlarida xalq ustalari tomonidan xrzir ham J. tayyorlanadi.

Adabiyot




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz