Jullobiy Gʻaznaviy




Jullobiy Gʻaznaviy, Ali bin Usmon bin Abu Ali – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Gʻazna shahrining Hujvir mahallasida tugʻilganligi uchun “Hujviriy” nisbasi bilan ham tilga olinadi. “Kashf ul-mahjub” asari muallifi. Abulfazl bin Hasan Xatliyning muridi. Shayx Abulqosim Kurragoniy, Shayx Abulqosim Shaqqoniy, Bob Fargʻoniy, Xoja Ahmad Hammod Saraxsiy kabi mashoyixlar bilan suhbatda boʻlgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”­dan ushbu shayx haqidagi bobni qisqartirib kiritgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz