Julián de Guzmán
Julián Bobby de Guzmán (talaffuzi: Julian de Guzman; 1981-yil 25-martda Torontoda tugʻilgan) — kanadalik futbolchi, yarim himoyachi „Deportivo La Coruña“, „Hannover 96“, „Toronto“ futbol klublari va Kanada terma jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan.
Klublardagi faoliyati
1997-yilda u Fransiyaga koʻchib oʻtgan va u yerda 2000-yilgacha „Marseille“ yoshlar jamoasida oʻynagan. 2000-yilda oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun, Julián Germaniya ikkinchi divizionidagi „Saarbrucken“ futbol klubiga oʻtgan.
2009-yil sentyabr oyida Julián de Guzmán „Toronto“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati
2001-yilda Julián de Guzmán Argentinada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Kanada yoshlar terma jamoasi safida debyut qilgan. 2002-yil yanvar oyida Julián de Guzmán Kanada jamoasining CONCACAF oltin kubogi uchun tarkibiga kiritilgan. 26-yanvar kuni Martinika terma jamoasiga qarshi oʻyinda u terma jamoa safida debyut qilgan. Shuningdek, Julián de Guzmán Janubiy Koreyaga qarshi bahsda maydonga tushgan.
2007-yilda Julián de Guzmán ikkinchi marta CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Kosta-Rika, Gvadelupa, Gaiti, Gvatemala va AQSH terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Kosta-rikaliklarga qarshi kechgan bahsda Julián de Guzmán terma jamoadagi ilk gollarini urib, „dubl“ga erishgan. Musobaqa natijalariga koʻra u turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
2009-yilda Julián de Guzmán uchinchi marta CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Salvador, Yamayka va Gonduras terma jamoalariga qarshi oʻynagan.
2011-yilda Julián de Guzmán toʻrtinchi bor CONCACAF oltin kubogi uchun daʼvogarga kiritilgan. Turnirda u Panama va Gvadelupa bilan oʻyinlarda ishtirok etgan.
2013-yilda Julián de Guzmán CONCACAF oltin kubogiga beshinchi marta ishtirok etgan. Turnirda u Martinika, Meksika va Panama terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2015-yilda Julián de Guzmán terma jamoaning CONCACAF oltin kubogi bahslariga boradigan tarkibiga kiritilgan. Turnirda Julián de Guzmán Kosta-Rika va Yamayka terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org