Julianne Séguin




Julianne Séguin (talaffuzi: Julianna Segen; 1996-yil 7-noyabrda tugʻilgan) — Kanada vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosasi. Sherigi Charlie Bilodeau bilan birga 2016 Skate America turnirining chempioni, 2015-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatining kumush medali sovrindori, 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali chempioni va uch karra Kanada milliy chempionatining medal sovrindori. Juftlik Kanada vakili sifatida 2018-yilgi Qishki Olimpiada ishtirok etib, o‘yinlarida 9-o‘rinni egallagan.

Shaxsiy hayoti



Julianne Séguin 1996-yil 7-noyabrda Monrealda tugʻilgan. U Boucherville oʻrta maktabida „Sports-études“ dasturida oʻqigan. Julianne fransuz va ingliz tillarida gapira oladi.

Faoliyati



Segin 2012-yil noyabr oyida Charlie Bilodeau bilan juftlik hosil qilgan.

2013 — 2014-yilgi mavsum



Séguin / Bilodeau juftligi xalqaro miqyosdagi musobaqada 2013-yilning kuzida debyut qilgan. 2013—2014-yilgi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tominidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida qatnashib, Chexiyada boʻlib oʻtgan musobaqada to‘rtinchi, Belarusiyada da esa beshinchi o‘rinni egallagan. Juftlik 2014-yilgi Kanada chempionatida oʻsmirlar toifasida qatnashib, kumush medalni qoʻlga kiritgan va 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Kanada vakili sifatida ishtirok etgan.

2014 — 2015-yilgi mavsum



2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasi davomida Seguin / Bilodeau juftligi Chexiya Respublikasining Ostrava shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada rossiyalik Lina Fyodorova / Maksim Miroshkin juftligini ortda qoldirgan holda, oltin medalni qoʻlga kiritgan. Germaniyaning Drezden shahrida boʻlib oʻtgan Gran-prida ham yana bir oltin medalni qo‘lga kiritgan juftlikka Gran-pri finalida ishtirok etish uchun yo‘llanma berilgan. 2014-yil dekabr oyida Barselonada boʻlib oʻtgan soʻnggi Gran-pri musobasida juftlik Fedorova / Miroshkin juftligidan 9,79 ball farq bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Dasturlari



Bilodeau bilan




Natijalari



GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Bilodeau bilan




Manbalar




uz.wikipedia.org


Online TAKLIFNOMA yarating. Telegram bot orqali


Uzpedia.uz