Julia Spetsmark




Julia Paulina Sofie Spetsmark (talaffuzi: Yuliya Spetsmark; 1989-yil 30-iyunda tugʻilgan) — shvetsiyalik professional futbolchi, Fleury 91 jamoasida 1-divizionda oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Julia Spetsmark 2006-yilda Shvetsiyaning Damallsvenskan jamoasida 17 yoshida Mallbackens IF tarkibida debyut qilgan va ligada 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. KIF Örebro DFF safida toʻrt yil oʻynaganidan soʻng 2015-yilda KIF Örebro uchun UEFA ayollar chempionlar ligasida oʻynagan.

Manchester City



Julia Spetsmark 2017-yilning yanvar oyida FA WSL doirasida Manchester City bilan shartnoma imzolagan.

Djurgården



Manchester City mavsumni yakunlagach, Spetsmark Damallsvenskanga qaytib, Djurgården bilan 2018-yil 23-iyulda shartnoma imzoladi va u yerda 11 oʻyinda 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

North Carolina Courage



2019-yil 7-yanvarda North Carolina Courage Julia Spetsmarkni sotib olganliklarini eʼlon qildi. Spetsmark NWSL debyutini o‘tkazdi va 2019-yil 17-aprelda Orlando Pride ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda o‘zining birinchi gʻalabali golini kiritdi.

Benfica



2020-yil 24 yanvarda Julia Spetsmark Portugaliyaning Benfica klubi bilan shartnoma imzoladi. Julia Spetsmark klubdagi debyutini 1-fevral kuni Taça da Liga Feminina musobaqasida Braga ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonganida oʻtkazdi.

Xalqaro faoliyati



Spetsmark 2016-yil oktyabr oyida Shvetsiya Goteborgning Gamla Ullevidasidada Eron bilan oʻynaganida, oʻzining birinchi katta terma jamoadagi oʻyinini oʻtkazdi. UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2017 uchun Shvetsiya terma jamoasiga tanlangan.

Yutuqlari



North Carolina Courage

Benfica

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz