Julia Boserup




Julia Boserup (talaffuzi: Juliya Boserup; 9-sentyabr, 1991-yilda tugʻilgan) — daniyalik, amerikalik nafaqaga chiqqan tennischi.

Boserup olti yoshida tennis oʻynashni Daniyadan boʻlgan onasi uni guruh tennis darslariga yozganida boshlagan. U oʻrta maktab darajasini uyda taʼlim olib tugatgach, bu unga 2006-yilda boshlangan tennis faoliyatiga koʻproq vaqt ajratishga imkon bergan.

2017-yilda u WTA yakkalik bahslarida jahon reytingida 80-oʻrinni egallagan, juftliklar boʻyicha esa 218-oʻrinni egallagan.

Biroq, u jarohatlari tufayli 2019-yil may oyida u nafaqaga chiqishini eʼlon qilgan.

Yoshligidagi yutuqlari



Boserup 2008-yilda final oʻyinida amerikalik Christina McHaleni uch setda ortda qoldirib, USTA Orange Bowl sovrinini qoʻlga kiritdi.

Professional jamoalardagi faoliyati



Boserup 2016-yilgi Wimbledon chempionatining uchinchi bosqichiga chiqqan va 2017-yilgi Avstraliya ochiq chempionatining birinchi bosqichida Fransiya Ochiq chempionati chempioni Francheska Schiavoneni magʻlub etgan. 2014-yilda Julia Mexiconing Monterrey shahrida boʻlib oʻtgan WTA Tour turnirida dunyoning 24-raqamli tennischisi Kirsten Flipkensni birinchi raunddayoq magʻlub etib, chorak finalga chiqqan.

Oʻzining professional jamoalardagi faoliyati davomida Boserup asosan ITF ayollar davrasida qatnashgan va u yerda uchta yakkalik, bir juftlik chempionligini qoʻlga kiritgan. Saralashdan soʻng, Boserup 2016-yilgi Wimbeldon chempionatida „Katta Dubulgʻa“ning asosiy toʻr bahsida debyut qilgan va u yerda birinchi raundda Tatjana Mariani magʻlub etgan. Ikkinchi raundda u Belinda Bencicni ikkinchi marta magʻlub etgan va Elena Vesnina bilan oʻyinda magʻlub boʻlgan. 2011-yilda u birinchi bosqichda Elitsa Kostovaga yutqazib, US Open turniriga yoʻllanma olgan. 2012-yil boshida u Avstraliya Ochiq chempionatiga yoʻllanma olgan va saralashning uchinchi bosqichida magʻlub boʻlgunga qadar ikkita oʻyinda gʻalaba qozongan.

ITF finali statistikasi



Yakkalik: 6 (3-3)




Juftlik: 4 (1-3)




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz