Jules Koundé
Jules Olivier Koundé (1998-yil 12-noyabrda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, La Liganing Barcelona klubi va Fransiya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Jules Koundéning hozirgi kundagi transfer narxi 60 million yevroni tashkil etadi.
Klubdagi faoliyati
Bordo
Koundé 2018-yil 7-yanvarda Fransiya kubogining 1/64-raundida US Granvillega safarda 2:1 hisobida magʻlub boʻladi, bu Koundéning „Bordo“ safidagi ilk oʻyini edi va bu oʻyinda u toʻliq 90 daqiqa oʻynadi. U 2018-yil 13-yanvarda „Bordo“ safida „Trua“ jamoasiga qarshi oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan holda Liga 1dagi debyutini oʻtkazdi. 2018-yilning 10-fevralida Kounde „Amiens“ jamoasiga qarshi bahsda oʻzining birinchi golini kiritdi, bu uning faoliyatidagi Liga 1da birinchi goli va Bordoning asosiy jamoasidagi birinchi goli edi.
Sevilla
2019-yil 3-iyulda u Ispaniyaning „Sevilya“ klubi bilan shartnoma imzoladi. „Bordo“ga Koundé transferidan 25 million yevro ishlab oldi. „Sevilya“dagi birinchi mavsumida u klubga UEFA Yevropa ligasida gʻalaba qozonishiga yordam berdi va musobaqaning ramziy jamoasiga kiritildi.
Terma jamoadagi faoliyati
2021-yil 18-may kuni Koundé Dide Desham tomonidan Fransiya terma jamoasiga UEFA Yevro-2020 uchun jalb etildi. U 2021-yil 2-iyun kuni Uelsga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida terma jamoadagi ilk oʻyinini oʻtkazdi.
2021-yil 10-oktyabr kuni Koundé 2021-yilgi UEFA Millatlar ligasi finalida Fransiyaning Ispaniya ustidan qozongan gʻalabasiga oʻz hissasini qoʻshadi.
Shaxsiy hayoti
Koundé yarim benin va yarim fransuz. U Bordo 40 km uzoqlikdagi Landiras shaharchasida yolgʻiz onasi bilan yashaydi.
Yutuqlari
Sevilla Fransiya Shaxsiy sovrinlari Manbalar
uz.wikipedia.org