Jukovskiy Nikolay Yegorovich
Nikolay Yegorovich Jukovskiy [1847.5(17). 1, Orexov qishlogʻi, Rossiya — 1921.17.3, Moskva] — mexanika soxasidagi rus olimi, gidroaeromexanika asoschisi. Peterburg FA muxbir aʼzosi (1894). Moskva universitetini tugatgan (1868), shu universitetda (1885 yildan), Moskva Oliy texnika oʻquv yurtida ishlagan (1872 yildan). Jukovskiy qushlarning uchish dinamikasini har tomonlama tekshirgan. Jukovskiyning aerodinamika va aviatsiya sohasidagi ishlari hozirgi aviatsiya faniga asos boʻldi. Jukovskiy rahbarligida dunyoda birinchi aerodinamik quvur qurilgan (1902); samolyot vintlarini sinash asbobi yaratilgan. Jukovskiy samolyot qanotining koʻtarish kuchini aniqlovchi qonunni ochdi (1904); samolyot qanoti va vintlarning eng qulay shakllarini aniqlagan (1910—11). Jukovskiy rahbarligida 1904 yilda Moskva yaqinidagi Kuchina q.da Yevropada birinchi aerogidrodinamika instituti tashkil etildi. Jukovskiy eksperimental va nazariy aerodinamika fanini yaratdi, aeroplan qanotining koʻtarish kuchini hosil qilish prinsipini ochdi hamda uning qiymatini aniqlashga imkon beruvchi teoremani formula orqali bayon qildi. Jukovskiy gidrodinamika, fizika, astronomiya, mat., gidrodinamika va gidravlika, amaliy mexanika, mashinalarni rostlash nazariyasi va b. sohalarga oid tadqiqotlar, universitetlar va oliy texnika oʻquv yurtlari uchun moʻljallangan klassik darsliklar muallifi.
Manbalar
uz.wikipedia.org