Jukka Raitala
Jukka Raitala (talaffuzi: Jukka Raitala; 1988-yil 15-sentabrda Finlandiyaning Kerava shahrida tugʻilgan) — finlandiylik futbolchi, „HIK“ futbol klubi va Finlandiya terma jamoasi himoyachisi.
Klublardagi faoliyati
Bolaligida Jukka Raitala oʻz shahrining „Keravan Pallo-75“ jamoasida oʻynagan, 2005-yilda „HIK“ futbol klubi yigitga qiziqish bildirgan va Jukka Raitala ushbu jamoa bilan shartnoma imzolagan. 2007-yilda u Finlandiya chempionatida jamoaning asosiy oʻyinchisi sifatida eʼlon qilingan. „HIK“ futbol klubida bor-yoʻgʻi uch mavsumda Jukka Raitala 66 ta oʻyin oʻtkazgan.
2009-yilning 31-avgustida Jukka Raitala „Köln“, „Ajax“, „Philips Sport Vereniging“ va „Bayer 04“ futbol klublari tomonidan qiziqish boʻlishiga qaramay, „Hoffenheim“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 2010-yil 14-mart kuni Jukka Raitala Bundesligadagi debyutini „Werder“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan va bu uchrashuv „Hoffenheim“ fugbol klubining 0:1 hisobidagi magʻlubiyati bilan yakunlangan. Jukka Raitala maydonga asosiy tarkibda kirib kelgan va 85-daqiqada uning oʻrniga Marko Terracino tushirilgan. 1-aprel kuni Jukka Raitala „Hoffenheim“ bilan toʻliq shartnoma imzolagan.
2015-yil fevral oyida u „Westshellland“ futbol klubi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan. „Westshellland“ futbol klubi Superliga jadvalidan tushib ketganidan soʻng, iyul oyida „Aalborg“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan va ushbu futbol klub bilan yil oxirigacha shartnoma imzolagan. Shartnoma muddati tugagach, „Aalborg“ futbol klubini tark etgan.
Xalqaro faoliyati
21 yoshgacha boʻlgan Finlandiya terma jamoasi tarkibida Jukka Raitala 2009-yil yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan.
2009-yil 4-fevralda Jukka Raitala Finlandiya terma jamoasida Yaponiya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan.
Jukka Raitala 2020-yilgi Yevropa chempionati uchun terma jamoaga kiritilgan.
Statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org