Jujhar Khaira
Jujhar Khaira (talaffuzi: Jujhar Xayra) (1994-yil 13-avgustda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Jujhar Khaira hozirda Milliy xokkey ligasi (NHL) vakili „Chicago Blackhawks“ xokkey jamoasida oʻynamoqda.
Oʻyin faoliyati
Khaira dastlab, „Prince George Spruce Kings“ xokkey klubi bilan faoliyatini boshladi. Jujhar Khaira klub safida Britaniya Kolumbiyasi xokkey ligasida ikki mavsum oʻynaganidan soʻng, „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safiga qoʻshilishga qaror qildi.
2013-yil 7-avgustda Jujhar Khaira „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Keyingi 2013—2014-yilgi mavsumda Jujhar Khaira oʻzining professional debyut oʻyinini „Edmonton Oilers“ xokkey klubining AHL filiali „Oklahoma City Barons“ xokkey klubi bilan oʻtkazdi.
Keyingi mavsumda Jujhar Khaira „Edmonton Oilers“ klubining AHL filiali „Bakersfield Condors“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Jujhar Khaira 2015-yil 26-noyabrda „Edmonton Oilers“ xokkey jamoasiga chaqirildi va 2015-yil 28-noyabrda „Pittsburgh Penguins“ klubiga qarshi birinchi NHL o‘yinini o‘tkazdi. Bu Jujhar Khairani Robin Bawa va Manny Malhotradan keyin NHLda oʻynagan panjoblik -hindistonlik uchinchi xokkeychiga aylantirdi.
2020—2021-yilgi mavsumdan soʻng, Jujhar Khaira „Edmonton Oilers“ xokkey klubini tark etdi.
2021-yil 28-iyul kuni Jujhar Khaira „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan ikki yillik 1,95 million dollarlik shartnoma tuzdi. Uning klubdagi birinchi mavsumi jarohatlar bilan oʻtdi. Jujhar Khaira mavsumni „Chicago Blackhawks“ klubi safida 27 ta oʻyinda maydonga tushib, uchta gol urgan holda yakunladi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org