Juho Vennola
Juho Heikki Vennola (asli
Karhu , 1872-yil 19-iyun — 1938-yil 3-dekabr) Xelsinki universitetining milliy iqtisodiyot professori, Finlandiya parlamenti aʼzosi va Bosh vaziri lavozimiga ikki marta saylangan Milliy taraqqiyot partiyasidan siyosatchi boʻlgan.
Vennolaning birinchi hukumati 1919-yil 15-avgustdan 1920-yil 15-martgacha, ikkinchisi esa 1921-yil 9-apreldan 1922-yil 2-iyun davrlari oraligʻida boʻlgan. Shuningdek, 1931-yil 18-fevraldan 21-martgacha Pehr Evind Svinhufvudning ikkinchi hukumatida Bosh vazir vazifasini bajaradi. Moliya vaziri oʻrinbosari (1918—1919), savdo va sanoat vaziri (1919), tashqi ishlar vaziri (1922—1924) va moliya vaziri (1930—1931) lavozimlarida ham ishlagan
Oulu shahrida tugʻilgan Vennola 1919-yildan 1930-yilgacha parlament aʼzosi boʻlib ishlagan boʻlsa, 1920-yilda Tartu tinchlik kengashining aʼzosi boʻlgan. Vennola Xelsinkida 66 yoshida vafot etdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org