Juft va toq sonlar




Juft va toq sonlar - 1) juft sonlar — 2 ga karrali boʻlgan butun sonlar; masalan, 0, 2, 4, 6, 8 va hokazolar. Son oʻnli sanoq tizimida yozilgan oxirgi raqami juft boʻlganda (0, 2, 4, 6 yoki 8) va faqat shularda u juft boʻladi; 2) toq sonlar — 2 ga boʻlinmaydigan butun son. Toq son har xil shaklda yozilishi mumkin. Toq son kvadrati ( masalan : 3²=9) yana toq son boʻladi, ikkita istalgan toq son koʻpaytmasi ham toq son boʻladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz