JUFT VA TOQ SONLAR – 1) juft sonlar — 2 ga karrali bo’lgan butun sonlar; masalan, 0, 2, 4, 6, 8 va hokazolar. Son o’nli sanoq tizimida yozilgan oxirgi raqami juft bo’lganda (0, 2, 4, 6 yoki 8) va faqat shu hrlda u juft bo’ladi; 2) toq sonlar -2 ga bo’linmaydigan butun (musbat yoki manfiy) son. Toq son har xil shaklda yozilishi mumkin. Toq son kvadrati yana toq son bo’ladi, ikkita istalgan toq son ko’paytmasi ham toq son bo’ladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish