Judith Alpi




Judith Alpi (1893-yil 3-mart — 1983-yil 5-fevral) chililik rassom va oʻqituvchi boʻlib, chizgan portretlari bilan mashhur. Generación del 13 rassomlar guruhi aʼzosi Alpi milliy va xalqaro miqyosda koʻrgazmalar oʻtkazgan va asarlari uchun mukofotlarga sazovor boʻlgan. U rassom Laura Rodigning bir nechta mashhur portretlarini yaratgan.

Tarjimai holi



Alpi 1893-yil 3-martda Santyagoda tug‘ilgan. U Santyagodagi Tasviriy sanʼat maktabida tahsil olgan, maktabda Alpi Fernando Álvarez de Sotomayor, Juan Francisco Gonzáles va Alberto Valenzuela Llanosdan dars olgan. Oʻzining yaratgan portretlari va avtoportreti bilan tanilgan Alpi Generación del 13 deb nomlanuvchi harakatning aʼzosi boʻlgan.

Alpining porteti Elmina Moisan tomonidan chizilgan. Moisan bilan bir qatorda, Alpi 1915-yildan 1916-yilgacha Ximena Morla de Subercaseaux, Sara Camino (es), Dora Puelma (es) va Miriam Sanfuentes bilan birga oʻz ishini namoyish etgan. Ushbu asarlar „Salons of Santaiago“ deb nomlangan joyda namoyish etilgan va Alpi u yerda qatnashgan birinchi oltita rassomdan biri boʻlgan. Alpi bir nechta mukofotlarni, jumladan: 1915-yilda uchinchi oʻrin uchun medal mukofoti; 1919-yilda ikkinchi oʻrin uchun, 1924-yilda chizgan portreti uchun mukofot va 1926-yilda birinchi oʻrin medal mukofot sohibasiga aylangan. Shuningdek, u xalqaro miqyosda, masalan, 1929-yilda Sevilyada boʻlib oʻtgan Ibero-Amerika koʻrgazmasida ishlarini namoyish etdi, koʻrgazmada uning „Oq Kimono“ (White Kimono) asari mukofotga sazovor boʻlgan. Alpi 1953-yilda Buenos-Ayresdagi zamonaviy Chili rasmlari va haykallari koʻrgazmasida ham yaratgan ishlarini yoygan.

Alpi Santyagodagi Liceo Nº1 de Niñas Plastik sanʼat maktabida oʻqituvchi boʻlgan. Shuningdek, u rassomlar Juan Francisco González va Pedro Reszka bilan birgalikda Milliy tasviriy sanʼat jamiyatining asoschisi edi. Alpi 1983-yil 5-fevralda Santyagoda vafot etdi.

Xotirasi



2017-yilda Chili milliy tasviriy sanʼat muzeyidagi Ellas por ellas mismas koʻrgazmasi doirasida Alpi tomonidan yaratilgan Laura Rodig portretlaridan birini namoyish etdi. Uning ishi bugungi kunda ayollarning oʻziga xosligiga qaratilganligi bilan tanilgan — xususan, Rodig portretlari rassom xarakterining qanchalik murakkabligini tasvirlashi bilan mashhur.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz