Jude Soonsup-Bell
Jude Jacob Soonsup Bell ingliz futbolchisi, Premyer Liganing Chelsea klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Yoshligi
Chippenxemda tugʻilgan Soonsup-Bell oʻz faoliyatini Swindon Townga qoʻshilishdan oldin mahalliy Calne jamoasida boshlagan. U 13 yoshgacha boʻlgan Chelsea klubiga oʻtdi.
Intervyuda Jude „har doim sportga sodiqligini“ eslaydi. U portugaliyalik afsonaviy Cristiano Ronaldoni taqlid qilib oʻsgan va uning oʻyin uslubiga taʼsir qilganini aytadi.
Judening familiyasi Soonsup (hạnhảnhản) tailandlik bobosi onasi tomonidan kelib chiqqan. Uning buvisi ingliz va uelslik. Uning otasi Michael Bell ingliz va irland millatiga mansub.
Klubdagi faoliyati
Dastlab yarim himoyachi sifatida oʻygan Soonsup-Bell Chelsea akademiyasida hujumchiga aylantirildi. Bu oʻzgarish Chelsea uchun ham, Soonsup-Bell uchun ham foydali boʻldi, chunki u sermahsul hujumchiga aylandi, xususan, Angliya kubogida doirasidagi Barnsley ustidan 8:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda toʻrtta gol urdi — Roger Billdan keyin ushbu musobaqada toʻrtta gol urgan birinchi Chelsea futbolchisi boʻldi.
16 yoshida u Chelseaning 23 yoshgacha boʻlgan jamoasida muntazam oʻynagan va Chelseaning eng yaxshi yosh futbolchilaridan biri sifatida koʻriladi. U oʻzining birinchi professional shartnomasini 2021-yil yanvar oyida imzoladi va Chelseaning asosiy jamaosi bilan Angliya kubogining uchinchi bosqichida Morecambe klubiga qarshi oʻyinga tayyorgarlik koʻrdi.
Soonsup-Bell Chelseadagi debyutini 2021-yil, 22-dekabrda EFL kubogining chorak finalida Brentfordga qarshi 2:0 hisobidagi g‘alaba qozongan oʻyinda oʻtkazdi.
Xalqaro faoliyati
Tailandlik bobosi orqali Angliya va Tailandni himoya qilish huquqiga ega boʻlgan Soonsup-Bell Angliyada 15 yoshgacha, 16 yoshgacha, 18 yoshgacha va 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoalarda oʻynagan. U 7 ta oʻyinda 6 ta gol urgan Jadon Sanchodan keyin Angliya U16 terma jamoasi safida eng koʻp gol urgan ikkinchi futbolchi hisoblanadi.
Faoliyat statistikasi
Klub
2021-yil, 22-dekabr holatiga ko'ra[18]
Manbalar
uz.wikipedia.org