Jubayl aeroporti




Jubayl aeroporti (arabcha: مطار الجبيل, Matar al-Jubayl) – Saudiya Arabistonining Sharqiy viloyatidagi Jubayl shahridan 25 kilometr (16 mi) gʻarbda joylashgan aeroport. Aeroport sanoat zonasi yaqinida, Jubayl yaqinidagi sayoz koʻrfazlardan biri boʻlgan Dohat ad-Dafi qirgʻoqlaridan taxminan 7.5 kilometr (4.7 mi) masofada joylashgan. Aeroport 20 km ga yaqin maydonni egallaydi.

Umumiy tavsifi



Dastlab aeroport Jubayl va Yanbu qirollik komissiyasi tomonidan Jubayl loyihasining bir qismi sifatida qurilgan boʻlib, u yaqin atrofdagi yirik Podshoh Fahd xalqaro aeroportidan tijorat aviatsiyasi markazi sifatida foydalanishga qaror qilinmaguncha fuqarolik aeroporti hisoblanardi. Natijada, u Mudofaa vazirligiga topshirildi va shundan beri Saudiya Arabistoni Qirollik dengiz flotining dengiz aviatsiyasi guruhi / sharqiy floti uchun baza sifatida foydalaniladi.

Biroq yaqinda 2014-yil sentyabr oyidan boshlab aeroport xususiy aviatsiya parvozlari uchun ochilishi eʼlon qilindi. Shuning uchun aerodrom rekonstruksiya qilindi. Chunki oldinroq aeroport harbiylarga topshirilganda, aerodrom infratuzilmasining bir qismiga oʻzgartirish kiritilgan edi.

Imkoniyatlari



Aeroportning uzunligi 4000 metr va kengligi 45 metr boʻlgan bitta uchish-qoʻnish yoʻlagi mavjud. Taksi yoʻllari hozirda aeroportdan harbiy maqsadlarda foydalanishga moʻljallangan, xususiy aviatsiya uchun foydalish uchun toʻliq tugallanmagan.

Soʻnggi oʻzgarishlar



Jubayl sanoat shahri va yaqin atrofdagi Xurisoniya va Ras al-Xayr kabi sanoat majmualarining jadal rivojlanishi tufayli aeroport Saudiya Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasiga oʻtkazildi va 2014-yil sentyabr oyidan boshlab fuqarolik aeroporti sifatida foydalanilmoqda.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz