Juba (daryo)




Juba yoki Jubba — Afrikaning shim.sharqidagi daryo. Efiopiya va Somali davlatlari hududidan oqib oʻtadi. Efiopiya yassitogʻligidan 3 ta irmoq bilan boshlanib Dolo sh. yonida ular qoʻshilgach, J. nomini oladi. Somali platosidan oʻtib Hind okeaniga quyiladi. Uzunligi GanaleDoriya irmogʻi bilan 1600 km, havzasining mayd. 750 ming km. Oʻrtacha yillik suv sarfi 550 m3/ sek. Yogʻingarchilik mavsumlari (aprel— iyun, sentabr—noyabr) da Bardera sh.gacha kema qatnay oladi. Quyilish joyida Kasmayo porti (Somali) bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz