Juan Pablo Torres
Juan Pablo Torres (talaffuzi: Xuan Pablo Torres) (1999-yil 26-iyulda tugʻilgan)—amerikalik professional futbolchi. Juan Pablo Torres USL chempionati vakili „Rio Grande Valley“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi oʻyin faoliyati
Juan Pablo Torres dastlab, „Georgia United“ akademiya klubida oʻynagan edi. 2017-yil 26-iyulda Juan Pablo Torres Belgiyaning "Lokeren" futbol klubi bilan oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi. 2017-yilning 26-avgustida Juan Pablo Torres klub safidagi ilk oʻyinini „K.A.S. Eupen“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda o‘tkazdi.
2019-yilning 26-yanvarida Juan Pablo Torres AQShga qaytib keldi va Oliy liga vakili „New York City“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.
2021-yil 8-martda Torres 2021-yilgi mavsum uchun USL chempionati vakili „Austin Bold“ futbol klubiga ijaraga berildi.
2021-yilgi mavsumdan soʻng „New York City“ futbol klubi Juan Pablo Torres bilan shartnoma imzolashni rad etdi.
Shundan soʻng, 2022-yil 14-fevralda Torres USL chempionati vakili "Rio Grande Valley FC" futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.
Xalqaro martaba
Juan Pablo Torres Qoʻshma Shtatlarda tugʻilgan. Torres AQSh milliy futbol terma jamoasining bir nechta yosh toifasidagi jamoalari safiga chaqirilgan. Juan Pablo Torres 7 marta AQSHning 15 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi va toʻrt marta 16 yoshgacha va 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoalari bilan oʻynagan.
2018-yil 23-oktabrda Torresni murabbiy Tab Ramos 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi 2018-yilgi CONCACAF chempionatida ishtirok etish uchun Amerika Qo‘shma Shtatlarining 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirdi. Torres turnirda yaxshi oʻynadi va toʻrtta gol urdi.
Faoliyat statistikasi
Klub
Manbalar
uz.wikipedia.org