Juan Lucero




Juan Martín Lucero (talaffuzi: Xuan Martin Lucero; 1991-yil 10-oktyabrda Buenos Airesda tugʻilgan) — argentinalik futbolchi, „Colo-Colo“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Juan Lucero „Defensa y Justicia“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi. 2010-yil 6-oktyabrda Argentina premyer ligasida „Aldosivi“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. 2012-yil 9-iyunda „Huracán“ futbol klubiga qarshi bahsdada Juan Lucero „Defensa y Justicia“ safida birinchi golini urgan. 2014-yil 26-aprel kuni „Crucero del Norte“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Juan Lucero xet-trik qayd etgan. Oʻsha mavsumda Juan Lucero 24 ta gol urgan va eng yaxshi toʻpurarga aylangan. Oʻsha yilning yozida Juan Lucero 750 ming yevro evaziga „Independiente“ futbol klubiga oʻtgan. 10-avgust kuni „Atlético Rafaela“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Juan Lucero Argentina premyer ligasida debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda Juan Lucero „Independiente“ safidagi ilk golini urgan.

2016-yil boshida Juan Lucero Malayziyaning „Johor“ jamoasiga oʻtgan. Transfer summasi 2,5 million yevroni tashkil qilgan. Juan Lucero Malayziya Superligasida debyutini 13-fevral kuni „Selangor“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan . 5-aprel kuni „Perak“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Juan Lucero „Johor“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan. 24-sentyabr kuni „T-Team“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u xet-trik qayd etgan. Debyut mavsumida Juan Lucero 16 ta gol urgan va klubga chempionlik hamda Malayziya kubogini yutishda yordam bergan.

2017-yil boshida Juan Lucero Meksikaning „Tijuana“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 14-yanvar kuni „Puebla“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Juan Lucero Meksika premyer ligasida debyut qilgan. 11-fevral kuni „Necaxa“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Juan Lucero „Tijuana“ futbol klubi safida birinchi golini urgan.

Statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz