Juan Cordova
Juan Gillermo Cordova Torres (talaffuzi: Yuan Gillermo Kordova Torres)(1995-yil 25-iyunda tugʻilgan) — professional futbolchi, Chilining „Huachipato“ klubida oʻynaydi. Chilida tugʻilgan, Kanada terma jamoasi vakili.
Sport faoliyati
Klublarda
Cordova 16 yoshida „Union San Felipe“ga qoʻshildi. Juan Cordova 2017-yilning 21-yanvarida „Rangers“ jamoasiga qarshi oʻyinda klub uchun ligadagi birinchi golini urgan.
2017-yilning may oyida Cordova Chili Primera divizioni vakili Huachipatoga qoʻshildi.
Xalqaro maydonda
Chilida tugʻilgan Cordova otasi orqali Kanada pasportiga ega. Uning otasi ham Chilida tugʻilga, lekin Kanada fuqarosi. Juan Cordova 2014-yilda Chili terma jamoasini U-20 toifasida himoya qilgan va 5 ta oʻyinda maydonga tushgan. Cordova 2017-yilning 19-martida Qatarda boʻlib oʻtgan „Aspire-2017“ turniriga Kanada U-23 terma jamoasiga chaqirildi. Juan Cordova 25-mart kuni Oʻzbekiston illiy terma jamoasiga qarshi oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan edi. 2021-yil 8-iyul kuni Shotlandiya Premer-ligasining Ross Kaunti klubi Cordova bilan katta akasi Garri bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Juan Cordova The Staggies uchun professional debyutini 22-avgust kuni Rangersga qarshi oʻtkazdi, ammo ushbu oʻyinda bironta gol yoki golli uzatmani ham amalga oshira olmadi.
2017-yilning may oyida Cordova Kyurasao jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun kattalar jamoasiga chaqirildi.
2019-yil may oyida Cordova 2019-yilgi CONCACAF Oltin kubogi uchun 40 kishilik vaqtinchalik tarkibga chaqirildi.
Karyera statistikasi
2022-yil 19-avgustdagi ma'lumotlar[11]
Shaxsiy hayoti
Cordova Chilida tugʻilgan va otasining oilasi bilan yashagan, bu uni qisman Kanadalikkaaylantirgan. Keyin Juan Cordova onasi bilan Chiliga qaytib keldi. 5 yoshidan beri Juan Cordova ikki tomonlama Chili-Kanada fuqaroligiga ega.
Manbalar
uz.wikipedia.org