Juan Carlos Calvo




Juan Carlos Calvo (ispancha: Juan Carlos Calvo) — urugvaylik futbolchi, hujumchi.1906-yil 26-iyunda Urugvay poytaxti Montevideoda tavallud topgan.1930-yil Jahon chempioni.

Tarjimai holi



1920-yillarda „Misones“ jamoasi (hozirgi „Miramar“ jamoasi va „Miramar Misones“ jamoasiga boʻlingan) koʻplab yuqori saviyali oʻyinchilarga ega edi (Enrike Ballesteros, Eduardo Martines va boshqalar), ularning aksariyati kuchliroq jamoalarga oʻtib ketishgan.Allaqachon oʻzga jamoa oʻyinchilari sifatida ular milliy terma jamoa bilan koʻplab musobaqalarda, jumladan 1928-yilgi Olimpiada va 1930-yilgi Jahon chempionatida gʻalaba qozonishdi.1920-yillarda „Misones“ jamoasida paydo boʻlgan iqtidorli futbolchilar orasida oʻz klubiga sodiq qolgan Juan Carlos Calvo ham bor edi.

1929-yilda „Misiones“ Urugvay Premer-divizioniga koʻtarildi va xalqaro oʻyinlarda oʻynash imkoniyatini qoʻlga kiritdi.Jamoa shunday ilk uchrashuvni Mersedes shahrida oʻtkazib Argentinaning „Estudiantes“ jamoasiga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.Biroq Chili boʻylab safarda jamoa oʻzini shu qadar zoʻr ekanligini isbotladiki, jamoaning hujumchilari yetakchisini darhol Urugvay milliy terma jamoasi murabbiylari payqab qolishdi.Bu yetakchi shunchaki Juan Carlos Calvo edi."Misiones" Chili boʻylab safari davomida beshta oʻyinda gʻalaba qozondi va toʻrtta durang oʻynadi.

1930-yilda Juan Carlos Calvo Urugvay terma jamoasining jahon chempionatiga boradigan tarkibiga kiritildi.Tajribali Jose Pedro Cea, Hector Scarone, Pedro Petrone bilan raqobatlashishning iloji yoʻq edi va 24 yoshli Juan Carlos Calvo musobaqada oʻynamasdan turib jahon chempioni boʻldi.1977-yil 12-oktabrda 71 yoshda vafot etdi.

Yutuqlari




Manbalar



2.„Miramar Misiones“ saytidagi „Misiones“ klubi tarixi )

3.Los mundiales de futbol profili )

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz