Juan Agudelo




Juan Sebastián Agudelo (talaffuzi: Xuan Sebastyan Agudelo) 1992-yil 23-noyabrda Kolumbiyada tavallud topgan. Kolumbiyalik boʻlgan amerika futbolchisi „Birmingem Legion“ klubi hujumchisi. AQSh terma jamoasida oʻynagan.

Agudelo oilasi Kolumbiyadan boʻlib, ular Juan Sebastián Agudeloning yetti yoshida AQShga koʻchib kelgan.

Jamoalardagi faoliyati



Juan Sebastián Agudelo „New York Red Bulls“ akademiyasi bitiruvchisi. 2010-yilning 26-martida klub u bilan shartnoma imzoladi. U oʻzining professional debyutini 27-aprel kuni Lamar Hunt Cup oʻyinida „Philadelphia Union“ga qarshi oʻtkazdi. U MLSdagi debyutini 9-oktabr kuni „Real Solt Lake“ga qarshi oʻtkazdi. 2011-yil 19-mart kuni Juan Sebastián Juan Sebastián Agudelo o‘zining MLSdagi birinchi golini „Seattle Sounders“ga qarshi o‘tkazdi. 2011-2012-yilgi mavsum oraligʻida Juan Sebastián Agudelo mos ravishda Germaniyaning „Shtutgart“ va Angliyaning „Liverpool“ klublarida mashgʻulotlar oʻtkazdi.

Xalqaro karyerasi



2009-yilda Juan Sebastián Agudelo AQSh oʻsmirlar terma jamoasi tarkibida Nigeriyada boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Birlashgan Arab Amirliklari va Italiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2010-yil 17 noyabrda Janubiy Afrikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida u AQSh terma jamoasi safida debyut qildi va gol urdi.

2011-yilda u KONKAKAF oltin kubogi da ishtirok etib, uning kumush medali sohibiga aylandi. Turnirda Juan Sebastián Agudelo Kanada, Yamayka, Meksika va ikki marta Panama jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

2017-yilda Juan Sebastián Agudelo KONKAKAF oltin kubogini qoʻlga kiritdi. Turnirda u Panama, Martinika va Nikaragua terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz