Jualiy tumani 
  Jualiy tumani  (qozoqcha: Жуалы ауданы) — Qozogʻiston Respublikasining janubidagi Jambul viloyatidagi maʼmuriy birlik.
Maʼmuriy markazi — Bauirjan Momishuli qishlogʻi.
Tumanning maydoni — 4,2 ming kv. km².
Tuman hokimi — Murtazo Jalgas.
Ushbu tuman ikki davlat (Qirgʻiziston va Oʻzbekiston) bilan chegaradosh.
 Tarixi 
Tuman 1933-yil 27-dekabrda Janubiy Qozogʻiston viloyati tarkibida 
 Juvali tumani  sifatida tuzilgan. 1939-yil 14-oktyabrdan Jambul viloyati tarkibida boʻlgan. 1993-yil 4-mayda Jualiy nomiga oʻzgartirildi.
 Geografiyasi 
Jualiy tumani Teris daryosining yuqori va oʻrta oqimini (quyi oqimi Assa deb ataladi), Jualiy togʻ tizmasining katta qismini (markaziy qismining balandligi 900 m, boshqa joylari 1200 m) egallaydi. Shimolda Qoratov tizmasi, gʻarb va janubi-gʻarbdan Boraldaytau togʻlari, janub va janubi-sharqda Talas Olatov tizmasi bilan oʻralgan.
Foydali qazilmalari: koʻmir, qurilish materiallari. Yanvarning oʻrtacha harorati −2 °C, iyulniki 18 °C. Oʻrtacha yillik yogʻin 400 mm boʻlib, asosan bahorga toʻgʻri keladi. Qor qoplami taxminan 30 sm, u noyabrdan mart oyining oxirigacha davomli boʻladi. Viloyat hududidan bir nechta daryolar oqib oʻtadi: Teris, Oqsoy, Koʻksoy, Oqjar, Boralday, Qoʻshqarata va boshqalar. Teris daryosida Teris-Ashchibuloq suv ombori qurilgan. Viloyatning shimoliy qismida Bilikoʻl koʻli bor.
Tuprogʻi toʻq va och jigarrang. Daryo boʻylarida shuvoq, tipchak, chalov va buta oʻsimliklari (spiraea, naʼmatak, doʻlana) oʻsadi. Togʻlarda yovvoyi olma, nok va boshqa mevali daraxtlarni uchratish mumkin. Talas Olatau togʻ yon bagʻirlari Aksu-Jabagʻli qoʻriqxonasining shimoliy qismiga toʻgʻri keladi. U yerda hayvonlardan boʻri, tulki, togʻ echkisi, choʻchqa, quyon, oʻrdak, gʻoz, qirgʻovul, keklik uchraydi; suv havzalarida — qorakoʻl baligʻi, sazan, som, karas baliqlari, marinka va boshqa koʻplab baliq turlarini uchratish mumkin.
 Demografiyasi 
2019-yil boshida tuman aholisi soni 52 169 nafar boʻlgan.
Aholi dinamikasi :
 Maʼmuriy birligi 
2006-yil boshiga kelib tuman tarkibiga 15 ta qishloq okrugi kiritiladi.
 B. Momishuli qishloq okrugi 
 Oqsoy qishloq okrugi 
 Aqtoʻbe qishloq okrugi 
 Bilikoʻl qishloq okrugi 
 Boralday qishloq okrugi 
 Burnooktyabr qishloq okrugi 
 Jetitoʻbe qishloq okrugi 
 Ko‘kbastau qishloq okrugi 
 Kurenbel qishloq okrugi 
 Qarasaz qishloq okrugi 
 Qoʻshqarata qishloq okrugi 
 Shaqpaqata qishloq okrugi 
 Qizilariq qishloq okrugi 
 Mingbuloq qishloq okrugi 
 Iqtisodiyoti 
Iqtisodiyotining asosiy tarmogʻi: vinochilik, goʻsht va sutchilik. Tumanda asosan don va yem-xashak ekinlari hamda sabzavotlar, kartoshka, poliz ekinlari yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki, ot kabilar boqiladi. Tuman hududidan „Toshkent — Olmaota“ temir yoʻli hamda „Toshkent — Olmaota“, „Bauyrjon Momishuli-Qoʻshqoʻrata“ avtomobil yoʻllari oʻtgan.
 Tumandan yetishib chiqqan taniqli shaxslar 
 Manbalar 
Ushbu maqolani yozishda „Qozogʻiston. Milliy entsiklopediya“ kitobi (1998—2007) hamda Creative Commons BY-SA 3.0 Unported litsenziyasi ostida „Qozoq entsiklopediyasi“ tahririyati tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlardan foydalanilgan.
 uz.wikipedia.org