Jérôme Blanchard
Jérôme Blanchard (talaffuzi: Jerom Blanshar; 1981-yil 20-iyul, Lion, Fransiya) — Fransiya va Rossiya uchun juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan figurali uchuvchi. Sabrina Lefransua bilan juftlikda konkida uchish boʻyicha 2004-yilgi Fransiya chempioni, Rinata Araslanova bilan juftlikda 2006-yilgi Fransiya chempionatining kumush medali sovrindori , Mariya Muxortova bilan juftlikda 2011-yilda Rossiya chempionati ishtirokchisi boʻlgan.
Faoliyati
Sportdagi jufti Sabrina Lefransua bilan 2004-yilgi Fransiya chempioni boʻlgan. Jérôme 2005 — 2006-yilgi mavsumda rossiyalik Rinata Araslanova bilan juftlikda Fransiyani himoya qilgan va u bilan birga milliy chempionatning kumush medali sovrindoriga aylangan. 2007-yilning yozida Jérôme Rossiyaga kelgan va Oleg Vasilev guruhiga koʻchib oʻtib, Valeriya Vorobyova bilan mashq qila boshlagan. Fransiya figurali uchish federatsiyasi uni Rossiya bayrogʻi ostiga qoʻyib yuborishni istamagan, ammo uzoq kurashlardan soʻng Jérôme Rossiyani himoya qilish uchun ruxsat olgan. Jérôme 2008-yilda Rossiya telekanalining „Zvyozdniy lyod“ loyihasida qoʻshiqchi Yuliya Savicheva bilan juftlikda ishtirok etgan.
Jérôme 2010-yilda sobiq murabbiyi Oleg Vasilevning taklifiga koʻra sportga qaytgan. Mariya Muxtorova bilan juftlikda 2011-yilgi Rossiya chempionatida 7-oʻrinni egallagan, shuning uchun federatsiyaning moliyaviy yordamisiz qolib, terma jamoaga kira olmagan. Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan soʻng, Blanchard havaskor faoliyatini tugatishga qaror qilgan holda Fransiyaga qaytib keldi.
Dasturlar
(M. Muxortova bilan)
Sportdagi yutuqlari
Rossiya
(M. Muxortova bilan)
Fransiya
(R. Araslanova bilan)
(S. Lefransua bilan)
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org