Jürgen Moser




Jürgen Moser (talaffuzi: Orgen Mozer) (4-iyul 1928-yil — 17-dekabr 1999-yil) — germaniyalik, amerikalik, shveysariyalik matematik. Umrining qirq yilini matematikaga bagʻishlagan. Moser Hamilton dinamik tizimlari va qisman differensial tenglamalar sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 1995-yilda Wolf mukofoti bilan taqdirlangan. 1983–1986-yillarda Xalqaro matematika ittifoqiga yetakchilik qilgan.

Moser vrach-nevrolog Kurt Moser va pianist Ilse Strehlke oilasida tugʻilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin oilasi bilan Mecklenburgda yashagan. 1952-yil Göttingen universitetidan PhD darajasini olgan. 1953-yil New York universitetida oʻqigan. 1959-yil Amerika fuqaroligini olgan.

Moser pianino va violonchel chalgan, astronomiyaga qiziqqan. Carl Siegel bilan hamkorlikda osmon jismlari mexanikasi haqida risola yozgan. Matematika boʻyicha taniqli ishlari qatorida Kolmogorov–Arnold–Moser va Nash–Moser teoremalari bor.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz