Jürgen Klinsmann




Yurgen Klinsman ( nemischa: Jürgen Klinsmann ; tug'ilgan sanasi 30-iyul 1964-yil ) — nemis futbolchisi va futbol murabbiyi. 2004-2006-yillarda Germaniya terma jamoasi murabbiyi bo'lgan. Sochining rangi va samaradorli o'yimari uchun u "Oltin to'purar" laqabini oldi.

Futbolchi faoliyati



Klubdagi faoliyati



Sakkiz yoshidan futbol o'ynashni boshlagan, barcha pozitsiyalarda, shu jumladan darvozabon nuqtasida ham o'ynagan. U professional faoliyatini 16 yoshida o'sha paytda ikkinchi divizionda - "Shtutgarter Kikers" klubida boshlagan. 1984-yilda u birinchi divizionning doimiy a'zosi bo'lgan kuchliroq " Shtutgart " klubiga o'tdi.

"Shtutgart" va Myunxenning "Bavariya" da o'ynashdan tashqari, Klinsman Yevropaning ko'plab klublarida - Monakoning " Monako ", Italiyaning " Inter " va "Sampdoriya" klublarida va ikki marta Angliyaning "Tottenxem" klubida o'ynagan.

Germaniya terma jamoasi faoliyati



Klinsman xalqaro futbolchilik faoliyatini 1987-yilda Germaniya terma jamoasida boshlab, 108 ta o'yinda 47 ta gol urib xalqaro miqyosda xam o'z imidjini yaratdi. U terma jamoa tarkibida quyidag musobaqalarda ishtirok etdi:

1998-yilgi Fransiyada bo'lgan jahon chempionatidan keyin terma jamoani tark etgan.

Klinsman uchta jahon chempionatida kamida uchta gol urgan birinchi futbolchidir.

Yutuqlari




Murabbiylik faoliyati



2004-yil 26-iyulda u Germaniya terma jamoasiga murabbiy bo'lib tayinlandi, u bilan birga terma jamoada o'ynagan Rudi Fyollerning o'rnini egalladi.

2006-yil 12-iyulda Klinsmann Germaniya terma jamoasiga murabbiylik faoliyatidan iste'foga chiqqanini ma'lum qildi. qildi. Klinsmanning o'rnini uning yordamchisi Yoaxim Lyov egalladi.

2008-yil 11-yanvarda "Bavariya" klubi Yurgen Klinsman 2008-yilning 1-iyulidan boshlab klub bosh murabbiyi bo'lishini e'lon qildi .

2009-yil 27-aprelda Klinsman "Bavariya" murabbiyligidan chetlatildi."Bavariya" futbolchisi Filipp Lam keyinchalik o'zining avtobiografik kitobida shunday degandi:[3].

"Klinsmanning "Bavariya"ga bosh murabbiy etib tayinlanishini muvaffaqiyatsiz tajriba deb ta'riflash mumkin. Mashg'ulotlarda u faqat o'yinchilarning jismoniy tayyorgarligiga e'tibor qaratdi, taktik jihatdan esa hech narsa qilinmadi. Birgalikda ish boshlaganimizdan sakkiz hafta o'tgach, biz bu murabbiy bilan hech narsa chiqmasligini angladik".

2010-yil 3-noyabrda Klinsman rasman MLS ning "Toronto" klubi uchun maslahatchi murabbiy lavozimiga tayinlandi .

2011-yil 29-iyulda AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. U bu lavozimda oldingi murabbiy Bob Bredlini almashtirdi . 2011-yil 10-avgustda u Amerika terma jamoasi murabbiyi sifatida Filadelfiyada Meksika terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida debyut qildi.

2016-yil 21-noyabrda u AQSh milliy futbol jamoasi bosh murabbiyi va texnik direktori lavozimlaridan ozod etildi. Iste'foga chiqish vaqtida AQSH terma jamoasi Konkakaf mintaqasida 2018-yilgi jahon chempionatiga saralash baxslarida Meksika (1:2) va Kosta-Rika (0:4) terma jamoalaridan ikkita o'yinda ikkita mag'lubiyatga uchradi va turnir jadvalida so'nggi, oltinchi o'rinni egalladi.

2019-yilning 27-noyabr kuni u Berlinning “ Gerta ” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Shartnoma 2019/20-yilgi mavsum oxirigacha imzolandi . 2020-yilning 11-fevralida, Bundesliga 2019/20 21-turi doirasidagi uy uchrashuvida “Gerta” “ Maynts-05 ”dan (1:3) mag‘lub bo‘ldi va 3 kun o‘tib, u iste’foga chiqdi.

Yutuqlar




Shaxsiy hayoti



Klinsmanning otasi Zigfrid novvoy, onasi Marta esa uy bekasi bo'lgan.

Yurgen amerikalik model Debbi Chinga uylangan. Ularning ikki farzandi bor - qizi Laylo va o'g'li Jonatan. Jonatan otasining izidan borib,futbolchi bo'lsada lekin darvozabon ampulasida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Germaniya terma jamoasida o'ynagan otasidan farqli o'laroq, o'g'li AQSh terma jamoasida o'ynaydi.

Klinsmann ingliz, italyan va fransuz tillarini yaxshi biladi. Yurgen shuningdek, vertolyot uchuvchisi litsenziyasiga ham ega.

Ayni paytda Klinsmann AQShda, Xantington-Bich shahrida ( Kaliforniya ) yashaydi. U basketbolni yaxshi ko'radi, u Los-Anjeles Leykersning muxlisi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz