Jozef Leopold Auenbrugger
Josef Leopold Auenbrugger yoki
Avenbrugger (19-noyabr 1722-yil — 17-may 1809-yil) avstriyalik mashhur vrach. Amaliy tibbiyotga „dukkilatib urib koʻrish“, yaʼni perkussiyani joriy etgan olim.
1752-yilda Vena universitetining tibbiyot fakultetini bitirib, butun umrini shu yerda oʻtkazadi. 1751-1768-yillar mobaynida Venadagi ispan gospitalida ham vrachlik faoliyatini birga olib boradi.
Leopold Auenbrugger vino savdogari oilasida tugʻulgan. Yoshligida savdogarlarning bochkalarni urib koʻrishlarini koʻp kuzatgan. Shu yoʻl bilan bochkada qancha vino qolganini aniqlashgan. Urib koʻrish unga plevral boʻshliqlarda suyuqlik bor yoki yoʻqligini aniqlashda qoʻl kelgan. Chunki odatda buni faqat murdani yorib koʻrish orqali aniqlashgan va tirik odamda plevritlarni aniqlash imkoni boʻlmagan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org