Jozef Keller




Joseph Keller (talaffuzi: Jozef Keller) (31-iyul 1923-yil — 7-sentyabr 2016-yil) — amerikalik matematik. Keller difraksiyaning geometrik nazariyasi yoʻnalishidagi ishlari bilan tanilgan. 1997-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Keller New Jersey shtatining Paterson shahrida tugʻilgan. Eastside High Schoolda oʻqigan va u yerda matematiklar jamoasi aʼzosi boʻlgan. 1943-yilda New York universitetidan bakalavr darajasini olgan. 1948-yilda ayni universitetida Ph.D darajasini olgan. Keller 1979-yilgacha New York universiteti Courant institutida professor boʻlib ishlagan. Soʻngra 1993-yilgacha Stanford universitetida matematika va mexanika muhandisligi professori boʻlgan.

Keller matematikaning ilm-fan va muhandislikka tatbiqi sohalariga hissa qoʻshgan. Xususan, olim toʻlqin tarqalishi sohasini oʻrgangan. Shuningdek, kvant mexanikasi tizimlarida xususiy vektorlarni hisoblashning Einstein–Brillouin–Keller metodiga ham salmoqli hissa qoʻshgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz