Jozef Jon Tomson




Jozef Jon Thomson (talaffuzi: Jozef Jon Tomson) (1856.18.12, Chitem-Xill, Manchester yaqinida — 1940.30.8, Kembrij) — ingliz fizigi, metallarning elektron nazariyasi asoschilaridan biri. London qirollik jamiyati aʼzosi (1884-yildan) va prezidenti (1915— 1920). Manchesterdagi Ouene kollejini (1876) va Kembrij universitetining Triniti kollejini (1880) tugatgan. 1884-1919-yillarda Kembrij universiteti prof va Kavendish laboratoriya rahbari. 1897-yilda elektronna kashf etib, uning zaryadini va massasini aniklagan. 1903-yilda atomning birinchi modelini taklif qilgan. Rentgen nurining uzluksiz spektrini tushuntirib bergan. 1911-yilda parabolalar usulini ishlab chiqqan, bu usul keyinchalik massspektrometriya sohasining yaratilishiga olib keldi. T. izotoplarni ochishda katta rol oʻynadi. Gazlardagi elektr razryadlarini oʻrgandi. Nobel mukofoti laureati (1906).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz