Jovqosin




Jovqosin (Tulipalehmanniana) — loladoshlar (piyozdoshlar) oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Piyozi tuxumsimon, yoʻgʻonligi 1,5—4 sm. Poyasi 20— 25 sm. Bargi 4 ta, buralgan, tuksiz, uchiga qarab ingichkalashib boradi, pastkisi nashtarsimon yoki qalami nashtarsimon, eni 1,5—2,5 sm. Gultojlari sariq qizgʻish yoki qizil, boʻyi 2,5—7 sm. Changchi iplari tuksiz, sariq, yuqori qismi qoramtirbinafsha. Changdonlari sariq. Koʻsagining eni 1 — 1,5 sm, boʻyi 2,5—3 sm. Apr.da gullab, mayda urugʻ beradi. Buxoro viloyati hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida tarqalgan. Asosan, manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz