Journalism ethics and standards
Jurnalistlik etikasi va standartlari jurnalistlarga nisbatan qoʻllaniladigan axloq va amaliyot tamoyillarini oʻz ichiga oladi. Ommaviy axborot vositalari etikasining ushbu qismi jurnalistikaning professional „axloq kodeksi“ va „jurnalistlik qonunlari“ sifatida maʼlum. Asosiy meʼyorlar va qonunlar odatda professional jurnalistika assotsiatsiyalari va xususiy bosma, televideniye, radio va internet nashrlar faoliyatida uchraydi.
Butun dunyoda, jurnalistik faoliyatni qamrab oluvchi 400 ga yaqin qonunlar mavjud. Turli xil kodekslar mazmuni turli madaniy anʼanalardan kelib chiqgan holda bir-biridan farq qilsada, koʻpchilik kodeksdagi huquqiy va axloqiy meʼyorlar jurnalistikaning umumiy elementlarni oʻz ichiga oladi: haqqoniylik,
Albatta bular yangilikka oid maʼlumotlarni yigʻish, tahrirlash va ommaga tarqatish jarayonida jurnalist uchun muhim axloqiy meʼyor hisoblanadi. Koʻpgina kengroq axloqiy tizimlar singari, jurnalistika etikasi ham „sir saqlash“ tamoyilini ham oʻz ichiga oladi. Bu tamoil zaif guruhlarga nisbatan hurmatni saqlagan holda va baʼzi tafsilotlarni, masalan, voyaga yetmagan bolalarning ismlari, jinoyat qurbonlarining ismlari yoki xabar matniga jiddiy aloqador boʻlmagan shaxsiy maʼlumotlarni maxfiy saqalshni oʻz ichiga olishi mumkin, shuni unutmaslik kerakki, bu holda shaxsiy maʼlumotlarning eʼlon qilinishi, birovning obroʻsiga putur yetkazish yoki ularni xavf ostiga qoʻyishi mumkin.
Ayrim jurnalistik axloq kodekslar, xususan, Yevropa kodekslari irqi, dini, jinsiy orientatsiya, jismoniy yoki aqliy nuqsonlari bor shaxslarni yangiliklarda kamsituvchi materiallar bilan bogʻliq muammolarni ham oʻz ichiga oladi. Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi (1993-yilda) Jurnalistika etikasi toʻgʻrisidagi 1003-rezolyutsiyasini maʼqulladi, bu rezolyutsiyada jurnalistlarga aybsizlik prezumpsiyasini hurmat qilishni tavsiya qiladi, xususan, sudgacha boʻlgan ishlar shular bunga misol boʻlishi mumkin.
Jurnalistika kodeksining rivojlanishi va maqsadi
Zamonaviy jurnalistika 400 yil oldin anchagina oqsoqlanganiga qaramay, 1900-yillarda baʼzi sotsiologik qarashlarkoʻra jurnalistika koʻproq zaruratga ayland. Bu kasbiy faoliaytda ham barcha sohalardagi kabi yutuqlar, yangi avlodlarning sohadagi rivojlanishni olgʻa yurishga qaratilgan tabiiy jarayondir. Qachonki, gazetalar ommaviy auditoriya axboriy isteʼmol qilish uchun „xolis“ maʼlumotlarni taqdim eta boshladilar. Shu paytdan boshlab jurnalistikaning ommaviy auditoriya oʻqishi uchun xolis malumot taqdim etishga intilish yuksak gʻoyaga aylandi. Bugungi jurnalistika evolyutsiyasi, maʼlumotni global miqyosdagi platformaga chiqarishga asosiy turtki boʻlmoqda. Jurnalistikaning asosiy maqsadi foydalanuvchilar uchun foydali boʻlishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar bilan butun dunyo boʻylab odamlarga xizmat koʻrsatish. Maʼlumotni kim oʻqiyotganini bilasizmi yoki yoʻqmi, buning uchun javobgarlik bor. Dunyo boʻylab kontentni yoqtiradiganlar ham, yoqtirmaydiganlar ham koʻp boʻladi.
Har bir mamlakat oʻzining oʻziga xos jihatlarini va baʼzida bugungi kunda jurnalistika axloqi bilan bogʻliq boʻlgan meʼyorlarni taqdim etadi. „Haqiqat“, „aniqlik“ va „xolislik“ jurnalistika etikasining tamal toshlari hisoblanadi. Jurnalistlar oʻzlarini mintaqalar, guruhlar va hatto oʻzlari istiqomat qiladigan yoki maʼlum darajada boshqa mamlakatlardan ajralib turishga harakat qilishlari kerak. Bu oʻrinda Jurnalistlarga tarafkashlikning oldini olish uchun ruxsat berish lozim boʻladi va bu ularning jurnalistik yozishlarida muhim rol oʻynaydi. Bugungi kunda koʻplab jurnalistlar ushbu tuzoqning qurboni boʻlib, bir marta hsu tuzoqga tushib bu yerdan chiqolmay qolib ketadi.
Baʼzi davlatlar faqat maʼlum bir maʼlumotni maʼlum kontekstlarda taqdim etishni afzal koʻradi. Islomiy mamlakatlarda jurnalistika faqat Islom uchun manfaatli boʻlishi belgilangan, degan shubhalar kuchayib bormoqda, bu esa islomning oʻzini xalqi ishonishi kerak boʻlgan yagona haqiqat ekanligiga undaydi.
Jurnalistikaning axloq kodeksi qabul qilinadigan amaliyotlarni belgilash orqali xabar qilingan maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlashga qaratilgan va xabar qilingan maʼlumotlarning ishonchliligiga xalaqit beradigan yoki xalaqit berishi mumkin boʻlgan holatlarning oldini olish uchun koʻrsatmalar beradi. Yoʻriqnomalar jurnalistlarga axloqiy dilemmalarni aniqlash va hal qilishda yordam beradi. Bunday holatlarning oldini olishning iloji boʻlmaganda, ular xabar qilingan maʼlumotni oʻquvchilariga xabarda mumkin boʻlgan notoʻgʻri fikrlarni baholashlari uchun oshkor etilishi kerak. Kodekslar va qonunlar jurnalistlarga oʻz-oʻzini nazorat qilish va oʻz-oʻzini tuzatish uchun asos yaratadi.
Jurnalistika beshta qadriyatga asoslanadi:
Jurnalistikaning Amaliyot kodekslari
Amerika Qoʻshma Shtatlari va Yevropa mamlakatlaridagi jurnalistlar ushbu standartlarni ishlab chiqish va qabul qilishda boshchilik qilgan boʻlsalar-da, bunday meʼyorlarni matbuot erkinligi boʻlgan koʻpgina mamlakatlardagi OAV tashkilotlarda topish mumkin. Yozma axloqiy meʼyorlar va amaliy standartlar mamlakatdan mamlakatga va tashkilotga qarab bir oz farq qiladi, ammo asosiy nashrlar va jamiyatlar oʻrtasida katta oʻxshashlik mavjud. Xalqaro Jurnalistlar Federatsiyasi (IFJ) 2008-yilda professional tashkilotlarda ushbu muammolardan xabardorlikni kuchaytirishga qaratilgan global axloqiy jurnalistika tashabbusini boshladi. 2013-yilda axloqiy jurnalistika tarmogʻiga IFJ sobiq bosh kotibi Idan White asos solgan. Xalqaro va mintaqaviy ommaviy axborot vositalari assotsiatsiyalari va jurnalistikani qoʻllab-quvvatlash jamiyatlari koalitsiyasi barcha ommaviy axborot vositalarida axloq, yaxshi boshqaruv va oʻz-oʻzini tartibga solish uchun kompaniyalar olib boradi.
Jurnalistlik meʼyorlari va axloqi boʻyicha AQShda yetakchi tashkilotlardan biri bu Professional Jurnalistlar Jamiyati boʻlib, uning Axloq kodeksining muqaddimasida shunday deyilgan:
…xalq maʼrifati adolatning peshvosi, demokratiyaning poydevoridir. Jurnalistning vazifasi haqiqatni izlash, voqea va muammolarni adolatli va keng qamrovli bayon etish orqali ana shu maqsadlarga erishishdir. Barcha ommaviy axborot vositalari va ixtisoslikdagi vijdonli jurnalistlar xalqqa puxtalik va halollik bilan xizmat qilishga intiladi. Kasbiy halollik jurnalistning ishonchliligining asosidir.
Raqamli radio televideniyesi yangiliklar assotsiatsiyasi, faqat elektron jurnalistikaga asoslangan tashkilot, jamoatchilik ishonchi, haqiqat, adolat, halollik, mustaqillik va javobgarlikka asoslangan axloq kodeksiga ega.
Umumiy meʼyorlar
Jurnalistlik standartlari va axloq qoidalarining aksariyat kodekslari uchun umumiy boʻlgan asosiy axloqiy meʼyorlar quyidagilardir.
Haqiqiy axborot uchun aniqlik va standartlar
Tuhmat va tuhmat haqida fikrlar
Manbalar
WikiJurnalistika
uz.wikipedia.org