Joul Qonuni
Joul qonuni - ideal gaz ichki energiyasining faqat temperaturaga bogʻliq boʻlib, hajmga bogʻliq emas, deb hisoblanadigan termodinamika qonuni. Joul Jeyms Preskott 1843-yilda aniqlagan. Ideal gaz uchun oʻzgarmas hajmdagi molekulyar issiqlik sigʻimi S temperaturaga bogʻliq T boʻlmasa, i = hCJT = CJ formula bilan ifodalanadi. Bunda U— ichki energiya, T— temperatura. Joul qonuni ideal gaz uchun toʻgʻri boʻlib, real gazlarga tatbiq qilinganda bir oz xatoga yoʻl qoʻyiladi. Shunga qaramay, texnik hisoblashlarda keng tatbiq qilinadi. Joul qonuni yuqori temperaturalarda tatbiq qilinganida molekulalarning tebranma harakati va ularning atomlarga ajralib ketishi natijasida issiqlik sigʻimi S ning ortishini hisobga olish kerak.
Manbalar
uz.wikipedia.org