Jostein Flo




Jostein Flo (talaffuzi: Yosteyn Flu; 1964-yil 3-oktyabrda tugʻilgan) — norvegiyalik sobiq futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan. Odatda markaziy hujum ampluasida harakat qilgan boʻlsa-da, o'ng qanotda o'ynay olar edi.

Faoliyati



Klublarda Flo odatda markaziy hujumchi sifatida o'ynagan. Norvegiya terma jamoasida hujumchi sifatida maydonlarga tushgan, lekin Norvegiyaning sobiq bosh murabbiyi Egil Olsen qo'llagan taktika uchun o'ng qanotda o'ynagan. 4-5-1 sxemasida o'ynab, Floga chap qanotda ko'pincha markaziy yarim himoyachilardan biriga yoki hujumchilarga kross zarbalar uzatgan. Bunday uzatma Flo Pass nomi bilan tanilgan.

Flo Stryn, Sogndal, Molde FK, Lierse SK, Sheffild United FC va Strømsgodset IF klublarida o'ynagan. Norvegiya terma jamoasi safida 53 ta oʻyinda o'ynagan va 11 gol urgan. 1994- va 1998-yilgi FIFA Jahon Chempionatlarida o'z mamlakati sharafini himoya qilgan. Milliy terma jamoadagi eng mashhur o‘yini 1998-yil 23-iyun kuni Braziliyaga qarshi Jahon chempionati uchrashuvida boʻlgan. O‘shanda zaxiradan maydonga tushib, 0:1 hisobiini so‘nggi daqiqalarda 2:1 hisobiga keltirishda katta hissa qo‘shgan.

Flo "Stromsgodset" safida 184 o'yinda 120 gol urgan. 2002-yilgi mavsumdan so'ng iste'foga chiqdi. O'zining futbolchilik faoliyatidan so'ng 2004-yil oktyabridan 2006-yil yanvarigacha marketing bo'yicha ishlagan, keyinroq Strømsgodset ijrochi direktor lavozimini egalladi.

Shaxsiy hayot



Flo futbolchilar oilasidan. Akasi Kjell Rune Moldeda o'ynagan. Boshqa akalari Tore André, Chelsea va Rangersda o'ynagan. Jarle Flo ismli akasi Norvegiyaning Sogndal aʼzosi boʻlgan . Amakivachchasi Håvard Flo Sogndal, AGF, SV Verder Bremen va Wolverhampton Wanderers FCda o'ynagan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Terma jamoada




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz