Josiya surasi




Josiya surasi (arabcha: سورة الجاثية, nomining maʼnosi — Tiz cho‘kuvchilar[8][9]) — Qurʼonning 45-surasi. Makkiy suralardan biri, 37 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 499–502-sahifasida va 25-juzida joylashgan. 65-boʻlib nozil boʻlgan.

„Josiya“ soʻzi „tiz choʻkuvchi“ degan maʼnoni bildiradi. Ushbu suradagi qiyomat kuni vasfiga oid oyatlardan birida: „har bir ummatni tiz choʻkuvchi holida koʻrasan“ deyiladi. Oʻsha oyatdagi „josiya“ kalimasi
suraga nom boʻlib qolgan.

Dastlabki oyatlaridanoq osmonlar va yerdagi har bir narsa va voqea-hodisada yagona Yaratguvchining borligiga dalolat qiladigan alomatlar mavjud ekanligini uqtiradigan bu surada ham soʻz asosan iymon-eʼtiqod ustida boradi.

Bu surada yana Bani Isroil qavmiga Tangri taolo tomonidan ato etilgan noz-neʼmatlar va imtiyoz fazilatlarga ular noshukurlik qilganliklari haqida va umuman havoyi nafslarini „xudo“ qilib olgan kimsalar va ularning topajak oqibatlari xususida xabarlar beriladi.

Sura nihoyasida Qiyomat kunida roʻy beradigan ahvol tasvirlanadi va u Kunda har bir ummat tiz choʻkkan holda Alloh tarafidan boʻladigan hukmga koʻz tutib turish bayon etiladi. Suraning „Josiya — Tiz choʻkuvchilar“, deb atalishining sababi shudir.

Manbalar




Havolalar



Josiya surasi youtube.comda

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz