Josip Radošević
Josip Radošević (talaffuzi: Yosip Rodoshevich) (1994-yil 3-aprelda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Daniya Superliga klubi „Brøndby IF“da yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Hajduk Split
Radošević oʻz faoliyatini tugʻilgan shahrining „Hajduk Split“ klubida yoshlar jamoasida oʻynashdan boshlagan. Isteʼdodli yarim himoyachi 2011-yilning noyabr oyida „Hajduk“ning asosiy jamoasiga koʻtarilgan. 2011-yil 23-noyabrda u 2011/2012-yilgi Xorvatiya kubogi chorak finalida NK Zagreb ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda asosiy jamoa safida debyut qilgan. 2011/2012-yilgi mavsumda Radošević Hajdukning birinchi oʻn birlik tarkibida oʻynay boshlagan. 2012/2013-yilgi mavsumda u oʻzini „Hajduk“ yarim himoyasida asosiy oʻyinchi sifatida koʻrsatgan va „Napoli“ ga oʻtishdan oldin mahalliy liganing 17 oʻyinida maydonga tushgan.
Napoli
2013-yilning 29-yanvarida Radoševićni A Seriya vakili „Napoli“ 2 million yevro evaziga sotib olgan. 2013-yilning 25-avgustida u 2013/2014-yilgi mavsumning birinchi davrasida „Bolonya“ga qarshi oʻyinda „Napoli“ safida rasmiy debyut qilgan va 84-daqiqada Gonsalo Iguain oʻrniga maydonga tushgan.
Rijeka (Ijara) 2015-yilning 4-fevralida Radošević 2015-yilning 31-dekabriga qadar „Rijeka“ga ijaraga berilgan. U 2015-yil 4-aprel kuni Zagrebning „Dinamo“ klubiga qarshi oʻyinda qoʻshib berilgan vaqtning toʻrtinchi daqiqasida hisobni tenglashtirgan golini kiritgan bu uning klub safidagi ilk goli boʻlgan.
Red Bull Salzburg
2016-yilning 31-avgustida, yozgi transfer oynasining soʻnggi kunida Radošević erkin agent sifatida Avstriyaning „Red Bull Salzburg“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Hajduk Splitga qaytish
Josip Radošević 2017-yil 3-iyun kuni „Hajduk“ning yangi futbolchisi sifatida eʼlon qilingan.
Xalqaro faoliyati
Radošević Xorvatiyaning 17 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasi tarkibida 2011-yilgi UEFA U-17 futbol boʻyicha Yevropa chempionati saralash bosqichida ishtirok etgan va barcha oltita guruh oʻyinlarida maydonga tushgan. Xorvatiya saralash bosqichini magʻlubiyatsiz yakunlagan boʻlsa-da, pley off bosiqchida mezbon Niderlandiyaga magʻlubiyatga uchrab keyingi bosqichga oʻta olmagan. Umuman olganda, u yoshlar jamoalari uchun 35 ta oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urgan. 2012-yil avgust oyida Radošević terma jamoaga murabbiy Igor Shtimac tomonidan 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Makedoniya va Belgiyaga qarshi oʻyinlarda himoyachi Ognyen Vukojevichga alternativa sifatida chaqirilgan. 2012-yil 11-sentabrda Radošević milliy terma jamoa safida Belgiyaga qarshi oʻyinda (1:1) maydonga tushgan va u terma jamoa tarixida debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylangan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Yutuqlari
Napoli Red Bull Salzburg Brondby Manbalar
uz.wikipedia.org