Josip Mišić
Josip Mišić (talaffuzi: Yosip Mishich) (1994-yil 28-iyunda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Zagrebning „Dinamo“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
NK Osijek akademiyasi safida oʻz faoliyatini boshlagan Mišić UEFA Yevropa ligasi saralash bosqichida „Santa Koloma“ ga qarshi oʻyinda, Zoran Kvrjich oʻrniga maydonga tushgan. Koʻp oʻtmay, u Prva HNLdagi debyutini ham oʻtkazgan u mehmonda NK Inter Zapreshichga qarshi oʻyining 14-daqiqasida jarohat olgan Domagoj Pushich oʻrniga maydonga tushgan va 82-daqiqada oʻzining birinchi golini kiritgan.
2014-yilning dekabrida, uni Zagrebning Dinamo jamosiga oʻtishi haqidagi mish-mishlarga qaramay, u HNK Rijeka bilan shartnoma imzolagan. Rijeka bilan uch yil muvaffaqiyatli mavsum oʻtkazgandan soʻng, 2018-yil yanvar oyida Mišić Sporting CPga oʻtgan. Transfer narxi 3 million yevro boʻlgan.
2018-yil 15-may kuni Mišić va uning bir qancha jamoadoshlari, shu jumladan, murabbiylar, jamoa ligada uchinchi oʻrinni egallab, UEFA Chempionlar Ligasi saralashidan oʻtkazib yuborilganidan soʻng, „Sporting“ning 50ga yaqin muhlislari klub mashgʻulot maydonida hujum qilishlari natijasida jarohat olganlar. Hujumga qaramay, Mišić va jamoaning qolgan aʼzolari keyingi dam olish kunlariga rejalashtirilgan Portugaliya kubogi finalida oʻynashga rozi boʻlishgan.
2019-yilning 17-yanvarida PAOK Mišićni Lissabonning „Sporting“ klubidan 2020-yilning iyunigacha sotib olish opsiyasi bilan ijaraga olganini eʼlon qilgan. 2020-yilgi mavsumni ajoyib tarzda oʻtkazgan (xorvatiyalik yarim himoyachi jami sakkizta golli uzatmani amalga oshirgan, shuningdek, beshta gol urgan).
Faoliyat statistikasi
Yutuqlari
HNK Rijeka Sporting CP PAOK Dinamo Zagreb SHahsiy yutuqlari
Manbalar
uz.wikipedia.org