Josip Brekalo




  Josip Brekalo (xorvatcha: Josip Brekalo) 1998-yil 23-iyunda Zagrebda tugʻilgan. Josip Brekalo xorvatiyalik futbolchi, „Volfsburg“ klubi va Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi hisoblanadi.

Jamoalardagi faoliyati



Brekalo oʻz shahrining „Dinamo“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yoshlar jamoalaridagi muvaffaqiyatli o‘yindan so‘ng u dublyorlar tarkibiga kiritildi. 14-avgust kuni „Xrvatski Dragovolac“ga qarshi oʻyinda Yosip Xorvatiya ikkinchi ligasida debyut qilgan.

2016-yilning 15-may kuni Yosip Germaniyaning „Volfsburg“ klubiga koʻchib oʻtdi. 10-sentabr kuni „Kyoln“ga qarshi oʻyinda u Bundesligada debyut qilgan.

Xalqaro faoliyati



2015-yilda Xorvatiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Brekalo Bolgariyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Bolgariya, Avstriya, Ispaniya, Belgiya va Italiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Oʻsha yili Josip Chilidagi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Chili, AQSH, Nigeriya, Germaniya va Mali terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Nigeriyaliklarga qarshi kechgan duelda Brekalo gol urishga muvaffaq boʻlgan.

2016-yilda Xorvatiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Brekalo Germaniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Gollandiya, Fransiya va Angliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.

2018-yilning 15-noyabrida Brekalo Xorvatiya terma jamoasi safida Millatlar ligasi doirasida Ispaniyaga qarshi o‘yinda debyut qildi.

2019-yilda Xorvatiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Brekalo Italiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Angliya, Fransiya va Ruminiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Inglizlar bilan kechgan duelda Josip „dubl“ni amalga oshirgan.

Terma jamoadagi gollari




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz