Joshua Kayode
Joshua Akinola Ogunfaolu-Kayode (talaffuzi: Joshua Akinola Ogunfaolu-Kayode) (2000-yil 4-mayda tugʻilgan) — professional futbolchi. Joshua Kayode EFL Birinchi ligasi vakili „Milton Keynes Dons“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Nigeriyada tugʻilgan Joshua Kayode Irlandiyani xalqaro miqyosda himoya qiladi.
Klubdagi faoliyati
Roterham United
Joshua Kayode Nigeriyaning Lagos shahrida tugʻilgan, ammo u Irlandiyaning Dublin shahrida oʻsgan. Keyinchalik, Joshua Kayode „Rotherham United“ futbol klubining yoshlar jamoasi safiga qoʻshilgan. U professional debyut oʻyinini 2017-yilning avgustida EFL Trophy musobaqasida „Manchester City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 2017-yilning 20-noyabrida Joshua Kayode oʻzining birinchi professional shartnomasini (2020-yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnoma) imzoladi. 2018-yil 19-sentyabrda Joshua Kayode bir oylik ijara asosida Milliy liga vakili „Chesterfield“ futbol kluib jamoasiga oʻtdi. 2019-yil avgust oyi boshida Joshua Kayode Shimoliy liga vakili „Gateshead“ futbol klubi jamoasiga 2020-yil yanvarigacha ijara asosida qoʻshildi. Bu shartnomada Joshua Kayodening EFL Trophy musobaqalarida „Rotherham“ futbol klubi uchun maydonga tushishi mumkin edi. „Gateshead“ futbol klubidan qaytgach, Joshua Kayode „Rotherham United“ futbol klubi safida qolish muddatini 2022-yilning yozigacha uzaytiradigan yangi 2 yarim yillik shartnoma imzoladi. Keyin Joshua Kayode 2019—2020-yilgi mavsumning qolgan qismida Ikkinchi liga vakili „Carlisle United“ futbol klubiga ijaraga oʻtdi. Ushbu ijara shartnomasi rasmiy ravishda 2020-yil may oyida COVID-19 pandemiyasi sababli mavsumni uzaytirish uchun uzaytirildi.
2020-yil 4-avgustda Kayode bir yillik ijara shartnomasi asosida „Carlisle United“ futbol klubi safiga qayta qoʻshildi. 2021-yil aprel oyida „Carlisle“ futbol klubida ijarada boʻlganida Kayode „Millers“ bilan yangi shartnoma imzoladi, bu esa uni 2023—2024-yilgi mavsum oxirigacha klubda qoldiradi. Joshua Kayode „Rotherham“ klubi uchun birinchi golini 2022-yil 4-yanvarda „Crewe Alexandra“ futbol klubiga qarshi EFL Trophy bahsida kiritdi.
2022—2023-yilgi mavsum oldidan Joshua Kayode „Mansfield Town“ futbol klubiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida tizzasidan jarohati oldi. Jarohatlardan tuzalib, asosiy jamoa safiga qaytganidan keyin, Joshua Kayode 2022-yil 29-avgustda „MK Dons“ futbol klubi bilan ijara shartnomasi imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org