Joshua Barrett




Joshua Lee Barrett (talaffuzi: Joshua Li Barrett) (21-iyun 1998-yilda tugʻilgan) — irlandiyalik futbolchi. Joshua Barrett Milliy liga vakili „Kingʻs Lynn Town“ futbol klubi jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. U Irlandiya Respublikasini U21 darajasida himoya qilgan edi.

Yoshligi



Joshua Barrettning ota-onasi Dublin va Tipperarydandir. U Oxfordshireda oʻsgan.

Klubdagi faoliyati



Reading



Joshua Barrett oʻzining birinchi professional shartnomasini 2015-yilning oktyabr oyida (Irlandiyaning „St Kevinʼs Boys“ futbol klubining yoshlar jamoasidan keyin) „Reading“ futbol klubi bilan imzolagan edi. Joshua Barrett 2016-yilning 8-martida klub safida „Huddersfield Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (3:1 hisobida magʻlubiyat) Chris Gunterning oʻrniga oʻyinning 84-daqiqasida maydonga tushdi. 2017-yilning 21-dekabrida Joshua Barrett „Reding“ futbol klubi bilan 2021-yilning yoziga qadar amal qiladigan yangi shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Joshua Barrett 2018-yilning 1-yanvaridan mavsum oxirigacha EFL Ikkinchi ligasi vakili „Coventry City“ futbol klubi safiga ijaraga oʻtishga rozi boʻldi. 2018-yilning 10-noyabrida Barret „Aldershot Town“ futbol klubi bilan bir oylik ijara shartnomasi imzoladi.

Bristol Rovers



2020-yil 7-yanvarda Barret „Bristol Rovers“ futbol klubi bilan ikki yarim yillik shartnoma asosida (nomaʼlum toʻlov evaziga) qoʻshildi. Barrett COVID-19 pandemiyasi tufayli 2020-yil mart oyida muddatidan oldin yakunlangan 2019—2020-yilgi mavsumda klubda yaxshi oʻyin koʻrsata olmadi.

Joshua Barrett 2020—2021-yilgi mavsum davomida klub safida 9 ta oʻyinda maydonga tushdi. Shundan soʻng, Joshua Barrett 2021-yil 1-sentyabrda klubni tark etdi.

Kingʻs Lynn Town



2021-yil 13-oktyabrda Joshua Barrett Milliy liga vakili „Kingʻs Lynn Town“ futbol klubi jamoasiga qoʻshildi.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz