Josh Sheehan
Joshua Luke Sheehan (talaffuzi: Joshua Lyuk Shixan) (1995-yil 30-martda tugʻilgan) — uelslik professional futbolchi. Josh Sheehan Birinchi Liga vakili „Bolton Wanderers“ futbol klubi va Uels milliy futbol terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Swansesa City
Josh Sheehan 10 yoshida "Swansea City" futbol klubining akademiyasiga qoʻshilgan. 2012-yilning 2-noyabrida Josh Sheehan klub bilan 2015-yilning yozigacha amal qiladigan professional shartnoma imzolagan. 2014-yilning aprel oyida Josh Sheehan „Swansea“ klubi bilan 2016-yilning yozigacha amal qiladigan yangi shartnoma imzolagan. Josh Sheehan „Swansea“ klubining 2014—2015-yilgi mavsumdagi deyarli barcha safar oʻyinlarida qatnashgan.
2015-yilning 17-fevralda Josh Sheehan „Yeovil Town“ futbol klubi bilan bir oylik favqulodda ijara shartnomasi imzoladi, keyinchalik bu shartnoma muddati mavsum oxirigacha uzaytirildi. Josh Sheehan klub uchun 13 ta oʻyinda maydonga tushdi.
„Swansea“ klubiga qaytib kelgach, Josh Sheehan „Swansea“ klubi bilan yangi shartnoma imzoladi.
Josh Sheehan 2015-yil sentyabrida ijara asosida yana „Yeovil“ klubiga qoʻshildi. 2016-yilning yanvarida „Swansea“ klubiga qaytdi.
2016-yil 8-avgustda Josh Sheehan 2017-yil 21-yanvargacha ijara asosida „Newport County“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Josh Sheehan „Newport“ klubi uchun debyut oʻyinini 2016-yil 24-sentyabrda Ikkinchi Ligada „Cambridge United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Josh Sheehan „Newport County“ futbol klubi uchun birinchi golini 2016-yil 29-oktyabrda „Accrington Stanley“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (3:1) kiritdi. 2017-yilning 24-yanvarida Josh Sheehanning ijara muddati 2016—2017-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirildi, biroq Josh Sheehan jarohat tufayli mavsumning qolgan qismida safdan chiqqani uchun 2017-yilning 9-martida „Swansea“ klubi safiga qaytdi.
Newport County
2018-yil 5-yanvarda Josh Sheehan 18 oylik doimiy shartnoma asosida „Newport County“ futbol klubi safiga qaytdi. Josh Sheehan 2019-yilning may oyida „Newport“ klubi bilan ikki yillik yangi shartnoma imzoladi. 2020-yil iyul oyida Josh Sheehan 2019—2020-yilgi mavsumda „Newport County“ futbol klubida yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida tanlandi. Josh Sheehan 2020—2021-yilgi mavsumda PFA Ikkinchi ligasida yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi. Josh Sheehan 2020—2021-yilgi mavsum oxirida „Newport“ klubi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi.
Bolton Wanderers
"Newport" klubidagi shartnomasini tugatgandan soʻng, Josh Sheehan 2021-yil 7-iyun kuni Birinchi liga vakili „Bolton Wanderers“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolab jamoa safiga qoʻshildi. 2021-yil 20-noyabrda „Bolton“ klubining matbuot xizmati Josh Sheehan tizzasidan olgan jarohati tufayli 2021—2022-yilgi mavsumning qolgan qismida safdan chiqqanini tasdiqladi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org