Josh Griffiths




Joshua James Griffiths (talaffuzi: Joshua Jeyms Griffits) (2001-yil 5-sentyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Joshua Griffiths „West Bromwich Albion“ futbol klubidan ijara asosida „Portsmouth“ futbol klubida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Klublardagi oʻyin faoliyati



Joshua Griffiths oʻz faoliyatini 10 yoshida „West Bromwich Albion“ futbol klubida boshlagan.

2020-yil 13-avgustda Joshua Griffiths Ikkinchi liga vakili „Cheltenham Town“ futbol klubi tomonidan bir mavsumga ijaraga olingan. Joshua Griffiths 2020-yil sentyabrida Angliya kubogi doirasidagi „Peterborough United“ futbol klubi ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvda oʻzining professional faoliyatidagi ilk oʻyinini oʻtkazgan va oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Joshua Griffiths „Cheltenham“ futbol klubida oʻzining ajoyib mavsumini oʻtkazdi. Joshua Griffiths klub safida mavsumdagi 50 ta oʻyindan 23 tasida maydonga tushib, klubning mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga sazovor boʻldi.

Birinchi ijara muddatidan soʻng, Joshua Griffiths „West Bromwich“ futbol klubi bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Bu shartnomaga koʻra Joshua Griffiths 2025-yilning yozigacha klubda qoladigan boʻldi. 2021-yil iyul oyida Joshua Griffiths 2021—2022-yilgi mavsum uchun Birinchi liga vakili „Lincoln City“ futbol klubiga ijaraga oʻtdi.

2022-yilning 14-iyulida Joshua Griffiths 2022—2023-yilgi mavsum uchun „Portsmouth“ futbol klubi bilan mavsumiy ijaraga shartnomasi imzoladi. Joshua Griffiths „Portsmouth“ futbol klubidagi debyut oʻyinini 2022—2023-yilgi mavsumning ochilish kunida „Sheffield Wednesday“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Oʻyin 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati



2019-yil mart oyida Joshua Griffiths Angliyaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi safida Meksikaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz