Joseph Wolff




Joseph Wolff (talaffuzi: Jozef Vulf; inglizcha: Joseph Wolff, nemischa: Joseph Wolff; 1795-yil, Weilersbach, Germaniya — 1862-yil 2-may, Isle Brewers, Buyuk Britaniya) — asli nemis-yahudiy boʻlgan britaniyalik missioner, sayohatlari haqida bir qancha kitoblar muallifi.

Tarjimai holi



Joseph Wolff, 1790-yilda Weilersbachda, keyin Bad Kissingen, Halle, Ilfeld, Göppingenda ravvin boʻlgan David Wolff oilasida tugʻilgan. U oʻgʻlini Shtutgartdagi lyuteran litseyiga yuborgan. Ilohiyotshunos Johann Michael Sailorning kitoblari taʼsirida Joseph Wolff nasroniylikni qabul qilishga qaror qilgan va 1812-yilda Praga yaqinidagi Benedikt abbatida choʻqintirilgan.

Wolff Tübingen va Rimdagi Pontifik Urban universitetlarida sharqshunoslik boʻyicha tahsil olgan, cherkov haqidagi taʼlimotga qoʻshilmagani va oʻqituvchilarni tanqid qilgani uchun 1818-yilda u yerdan haydalgan. Fribourgdagi (Shveytsariya) Redemptoristlar monastirida qisqa vaqt turgach, Londonga borib, anglikanlikni qabul qilgan va Cambridgeda sharqshunoslik va ilohiyot boʻyicha oʻqishni davom ettirgan.

1821-yilda Wolff Sharqda missionerlik faoliyatini boshladi, Misr, Sinay yarim oroli, Quddus, Halab, Mesopotamiya,Fors, Gruziya va Qrimga tashrif buyurgan. 1826-yilda Angliyaga qaytib keladi va oʻsha yili boʻlajak rafiqasi Georgiana Mary Walpole bilan uchrashadi. Juftlik 1827-yil 26-fevralda turmush qurishgan.

1828-yilda Wolff Turkiya, Armaniston, Turkiston, Afgʻoniston va Hindistondan oʻtib, Isroilning yoʻqolgan qabilalarini qidirib topgan. Hindistonda Shimla, Kalkutta, Madras, Puducherry, Tirunelveli, Goa va Bombeyga sayohat qilib, keyin Misr va Malta orqali uyiga qaytgan.

1836-yilda Efiopiyaga sayohat qilib, bu yerda Yaman va Bombeyda koʻrishgan, missioner Samuelle Gobath bilan uchrashgan. Keyin Qoʻshma Shtatlarga yoʻl olgan va u yerda yepiskop Richard Munt tomonidan ruhoniy etib tayinlangan.

1843-yilda Buxoro amirligiga 1842-yilda amir Nasrullo tomonidan asirga olingan ikki ingliz zobiti, polkovnik Charles Stoddart va kapitan Arthur Conollyni topish uchun borgan. Buxoroga yetib borgan Wolff ikkala ofitser ham allaqachon qatl etilganini bilib, bu xabar bilan Angliyaga qaytib kelgan.

1845-yilda Wolff Somersetdagi Isle Brewersda cherkovni qabul qilib olgan. 1859-yilda uning birinchi xotini vafot etib, 1861-yilda Luiza Decimaga uylangan. Wolff yangi sayohatni rejalashtiradi, ammo 1862-yil 2-mayda vafot etgan. Oʻgʻli Henry Drummond Wolff diplomat va siyosatchi; nabirasi — Lucas Klive yozuvchi boʻlgan.

Asarlari




Adabiyotlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz