Joseph Cramarossa
Joseph Cramarossa (talaffuzi: Jozef Kramarossa) (1992-yil 26-oktyabrda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Joseph Cramarossa hozirda Amerika xokkey ligasining (AHL) „Iowa Wild“ xokkey jamoasida oʻynaydi.
Oʻyin faoliyati
Yoshligida Joseph Cramarossa 2005-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida „Markham Waxers“ kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan.
Joseph Cramarossa „Mississauga St. Michaelʼs Majors“ xokkey klubi safiga 2008-yilgi OHL Prioritet tanlovida 49-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilinggan. Joseph Cramarossa 2009—2010-yilgi mavsumda „Majors“ klubi safida 64 oʻyinda maydonga tushgan. Keyinchalik Joseph Cramarossa „Anaheim Ducks“ xokkey klubi safiga 2011-yilgi NHL kirish loyihasida 65-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan.
2013-yilning 2-martida Joseph Cramarossa „Anaheim Ducks“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi.
2015—2016-yilgi mavsumda Joseph Cramarossa „Anaheim Ducks“ xokkey klubining filiali „San Diego Gulls“ xokkey jamoasi safida oʻynadi. Joseph Cramarossa klub bilan 61 oʻyinda maydonga tushib, 11 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. „Anaheim Ducks“ xokkey klubi bilan boshlangʻich darajadagi kelishuvi tugagandan soʻng, Joseph Cramarossa 2016-yil 24-iyunda cheklangan erkin agent sifatida klub bilan yana bir yillik shartnomaga imzo chekdi.
„Anaheim Ducks“ xokkey klubi bilan 49 oʻyinda maydonga tushiganidan soʻng, Joseph Cramarossa 2017-yil 1-martda „Vancouver Canucks“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi.
2017-yil 11-sentyabrda „Calgary Flames“ xokkey klubi Joseph Cramarossani o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashish uchun professional sinovga taklif etdi. Keyinchalik, Joseph Cramarossa 2017-yil 28-sentyabrda „Calgary Flames“ xokkey klubining AHL filiali „Stockton Heat“ xokkey jamoasi bilan AHL shartnomasini imzoladi. 2018-yilning 14-fevralida Joseph Cramarossa „Stockton Heat“ xokkey klubi tomonidan Colin Smith evaziga „Wilkes-Barre/Scranton Penguins“ xokkey klubiga almashtirildi.
Keyinchalik, Joseph Cramarossa erkin agent sifatida 2020-yil 9-oktyabrda „Minnesota Wild“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org