Joseph Berger (yozuvchi)




 

Jozeph Berger (talaffuzi: Jozef Berger;1945-yil 17-yanvarda Lisva shahrida tugʻilgan) — amerikalik jurnalist, yozuvchi va notiq. U 1984-yildan 2014-yilgacha The New York Times gazetasining muxbiri va muharriri boʻlib ishlagan. Toʻrtta kitob muallifi.

Tarjimai holi



Jozeph Berger Rossiyaning Lisva shahrida fashistlardan qochib o‘z shaharlarini tark etgan polyak-yahudiy ota-onaning farzandi. Berger 1950-yilda ota-onasi va kenja ukasi bilan Qoʻshma Shtatlarga koʻchib kelishgan. Undan oldin Yevropadagi Ikkinchi Jahon urushidan keyingi bir nechta koʻchirilganlar lagerlarida yashagan. Uning AQShda bir singlisi tugʻilgan. Jozephning „Displaced Persons: Growing Up American After the Holocaust“ kitobida yahudiy tilida soʻzlashuvchi ota-onasining qochqin farzandi sifatida tarbiyalangani tasvirlangan.

Berger pravoslav maktabida oʻqigan. Oʻrta maktabdan soʻng New York shaharidagi kollejlardan birida tahsil oldi, 1966-yilda kollejini tamomladi va Kolumbiya Universitetidagi Oliy jurnalistika yoʻnalishida magistraturani tamomladi.

Faoliyati



Jozeph 1967-yildan 1971-yilgacha ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. Keyinchalik 1971-yildan 1978-yilgacha New York Post gazetasida badiiy yozuvchi sifatida faoliyat yurita boshladi. 1978-yildan 1984-yilgacha Newsday gazetasida muxbir va diniy yozuvchi edi.

Berger 1984-yilda The New York Times gazetasi xodimlariga qoʻshildi. U 1985—1987-yillarda din boʻyicha bosh muxbir, 1987—1993 yillarda esa milliy va mahalliy taʼlim boʻyicha muxbir sifatida ishlagan. So‘ngra taʼlim muharriri o‘rinbosari va taʼlim muharriri vazifasini bajaruvchi bo‘lib, 10 kishidan iborat shtabga rahbarlik qildi. Berger 2006-yildan 2008-yilgacha taʼlim toʻgʻrisida maqolalar yozgan. Uning 2004 — 2007 yillarda New York etnik madaniyati haqida yozgan maqolalari „The World in a City: Traveling the Globe Through the Neighborhoods of the New New York“ kitobiga asos boʻlgan. Shuningdek, Quddusdagi gazetalardan birida muharririning vaqtinchalik yordamchisi va Times byurosi boshligʻi boʻlib ishlagan. 2014-yil dekabr oyida gazetadan nafaqaga chiqdi.

Mukofotlari



Jozeph Berger Newsday’dagi faoliyati davomida Din yangiliklar mualliflari uyushmasi Supple mukofotining uch karra gʻolibi boʻlgan. U 1993-yilda „Ikki tilli taʼlimdagi noxolislikni fosh qilganligi uchun“ Taʼlim Yozuvchilar uyushmasi mukofotiga va 2011-yilda „Yosh hamkasblariga foydali maslahati uchun“ Siluriyaliklar jamiyatining Peter Kihss mukofotiga sazovor boʻlgan.

Shaxsiy hayoti



Berger va uning rafiqasi Brendaning bir qizi bor. Ular Vestchester okrugida istiqomat qilishadi, u yerda rekonstruksiyachilar sinagogasining aʼzosi.

Biblografiyasi




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz